07:32 / 23.03.2023
24143

Tojikistonda yana ikkita 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda yana ikki marta 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:27 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,4 gradus shimoliy kenglik; 69,92 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km janubi-sharqda.

Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan soat 06:53 da Tojikistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 39,29 gradus shimoliy kenglik; 70,04 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 230 km janubi-sharqda.

23 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida yana yer silkinishi kuzatildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km; Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km; Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km; Toshkent shahrida 5 ball, 217 km; Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km; Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km; Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km; Surxondaryo viloyatida 4 ball, 335 km; Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km; Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km; Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

Toshkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinchi zilzila (aftershok) sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubi-sharqda.

21 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan 6,6 balli zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezilgan, Toshkent shahrida yer silkinishi kuchi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni tashkil etgandi.

Mavzuga oid
Top