Turkiya şarqida 6,0 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi, deb xabar berdi Yevropa Örtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC). Kuçli silkinişni his qilgan Malatya viloyati va qöşni tumanlar aholisi vahima içida köçaga yugurgan. Bu şahar 2023 yil fevralida dahşatli zilzila sodir bölgan hududlardan biri edi.
Turkiya matbuotining yozişiça, asosiy silkiniş mahalliy vaqt bilan 10:46 da sodir bölgan, undan keyin kamida 30 ta yer silkinişi qayd etilgan. Zilzila episentri Malatya şahridan 44 km şarqda, taxminan 10 km çuqurlikda joylaşgani qayd etilgan. Yer tebranişlari keng hududda, jumladan, ikki yil avval sodir bölgan dahşatli zilziladan katta zarar körgan yirik Ğoziantep şahrida ham sezilgan.
#ClimateCrisisAction #ClimateCatastrophe #BreakingNews
— Irene (@irene_makarenko) October 16, 2024
October 16. 2024
⚡️⚡️⚡️🚨#Turkey, #earthquake of magnitude 6.0
👇Moment of earthquake in Malatya, about an hour ago, video
👇Moment of earthquake in a TV studio pic.twitter.com/Ho4XuAvFNL
Bir qança şaharlardagi yirik binolar qisman qulagan yoki jiddiy şikastlangan. Hozirça qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi. Elaziğ şahrida yaşovçi tört nafar inson favqulodda xizmatlar tomonidan vayrona ostidan olib çiqilgan. Xuddi şu joyda zilzila paytida bir neça kişi derazadan sakrab, jarohatlangan.
Ayrim hududlarda toş qulaşi kuzatilgan, toğlarda çang-tözon kötarilgan, biroq, rasmiylar yöllar va kommunikatsiyalarda muammo yöqligini aytmoqda. Eng köp zarar körgan Malatya, Elaziğ va Şonliurfa şaharlaridagi ta’lim muassasalari xavfsizlik sababli kamida bir kunga yopilgan.
Turk matbuotida












