Şu kunlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq özgartişlar kiritiş hamda 16 ta normani öz içiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qöşiş taklif etilmoqda. Albatta, jamiyatni foydalilik darajasiga yuqori körsatkiçlarga erişiş uçun avvalambor uning soğlom muhiti va xalqning rozi bölişi juda katta örin tutadi. Buning uçun esa jamiyatning infratuzilmasi mukammal şakllangan bölişi zarur, şu jumladan, soğliqni saqlaş tizimiga köproq e’tibor qaratiş lozim böladi.
Taklif etilayotgan Konstitutsiyaning 40-moddaga soğliqni saqlaşga oid quyidagiça normalar qöşilyapti:
“Özbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va şoşilinç tibbiy yordamni ham öz içiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olişga haqli”;
“Davlat soğliqni saqlaşning davlat, xususiy va boşqa tizimlarini rivojlantiriş, sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş, tibbiy suğurtaning turli şakllarini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş böyiça zarur çoralar köradi”;
“Davlat barqaror rivojlaniş prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxşilaş, tiklaş va himoya qiliş, ekologik muvozanatni saqlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi”;
“Davlat Orolböyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qiliş va tiklaş, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantiriş böyiça zarur çoralar köradi”.
401-modda esa, “Har kim soğlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega böliş hamda öz soğliğiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning örni qoplanişi huquqiga ega”, degan modda örin olgan.
Uşbu moddalar mamlakatimizda aholiga körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oşirişga, soğliqni saqlaş davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlaşga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxşilaşga qaratilgan soğliqni saqlaşni isloh qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirişga qaratilgan. Şuni qayd etiş lozimki, Prezidentimizning - soğliqni saqlaş vazirligi va soha vakillari bilan uçraşuvida tizimdagi mavjud öz yeçimini kutayotgan qator muammolarga töxtalib, aholi salomatligini mustahkamlaş, yuqori malakali tibbiy yordam körsatiş kabi yönalişda fuqarolarning noroziligi, tibbiyot xodimlarida, aholida, bemorlarda tuşkunlik kayfiyati, pessimizm avj olganini körişimiz mumkin edi. Şuning uçun ham, taklif qilinayotgan Konstitutsiyaviy özgartiriş va qöşimçalarning ahamiyati katta hisoblanadi. Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida soğliqni saqlaş sohasi muhim örin tutişi, soğlom avlod kelajagi aynan şu sohaning samarali faoliyatiga çambarças boğliq ekanligini hisobga olib, kelgusi yillarda aholini sifatli va malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlaş, soğlom turmuş tarzini keng qaror toptirişni Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida ham eng muhim yönaliş sifatida belgilanişi çinakamiga xalq roziligiga, sohani yangi bosqiçga kötarilişiga olib keladi.
















