Mazkur olimpiada respublikamizda salohiyatli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning iqtidorini röyobga çiqariş, ilm egallaşga bölgan iştiyoqi va intellektual salohiyatini oşiriş, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yölga qöyiş, şuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltiriş uçun qobiliyatli yoşlarni aniqlaş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimini takomillaştiriş maqsadida taşkil etildi. Uşbu olimpiadada 1700 dan ortiq talaba iştirok etmoqda. Ularning 662 nafarini xorijlik talabalar taşkil etadi.

Olimpiada:
- Terapiya;
- Jarrohlik;
- Tor klinik mutaxassisliklar;
- Onalik va bolalik muhofazasi;
- Tibbiy biologiya;
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
- Tibbiy-profilaktika;
- Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar kabi yönalişlarda bölib ötadi.

“Avitsenna izdoşlari” olimpiadasida Koreya, Hindiston, Şvetsariyadan kelgan tibbiyot sohasi mutaxassislari iştirok etişadi. Ular olimpiadaning şaffof va odilona ötişini ta’minlaş maqsadida hakamlar hay’ati tarkibiga jalb etilgan.
Reklama huquqi asosida
















