Germaniya Ukrainani tiklashga yordam berish uchun platforma ishga tushirdi
Germaniya Iqtisodiy hamkorlik vazirligi Berlin «avlodlar vazifasi» deb hisoblagan Ukrainani tiklash bo‘yicha nemis kompaniyalari va muassasalarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi platformani ishga tushirdi.
Germaniya hukumati Rossiya bosqinidan vayron bo‘lgan Ukrainani qayta tiklashda ishtirok etayotgan nemis kompaniyalari, tashkilotlari va muassasalarini birlashtirish uchun yangi platformani ishga tushirmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Svenya Shulse 27 mart, dushanba kuni Ukrainaning Berlindagi elchisi Aleksey Makeyev bilan birgalikda yangi platformani taqdim etar ekan: «Urushning tugashi, afsuski, hali sodir bo‘lmasa-da, Ukrainaning tiklanishi hozir boshlanmoqda», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli rejalashtirish va mamlakatni qayta qurish istiqbollari Ukraina jamiyatining barqarorligi, shuningdek, erkin va Yevropaga qaragan davlatni qayta tiklash bo‘yicha muvaffaqiyatli va samarali choralar uchun muhimdir. Bu «hukumatlar yolg‘iz o‘zi bajara olmaydigan ulkan vazifa», dedi Shulse.
Germaniya vazirligi g‘oyasiga ko‘ra, muvofiqlashtirish platformasi Ukrainani tiklashda ishtirok etishni xohlaydigan munitsipalitetlar, kompaniya va tashkilotlar vakillari aloqada bo‘ladigan joyga aylanadi. Shuningdek, nemis va ukrainalik aktyorlar bilan maxsus konferensiyalar va mahorat darslari o‘tkazish, muloqot forumlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, platforma mavzulari ham texnik, ham logistika, ham ijtimoiy masalalarni qamrab oladi.
Faoliyat yo‘nalishlaridan biri Germaniya va Ukraina shaharlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, ikki davlat tibbiyot muassasalari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, suv ta’minoti sohasidagi hamkorlik bo‘ladi. Ushbu hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish uchun Germaniya vazirligi joriy yilda qo‘shimcha 25 million yevro ajratadi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024