Kubada parlament saylovlari muxolifatdan nomzodlarsiz o‘tdi
Huquq himoyachilari parlament saylovlarini yasama jarayon deb atadi, chunki 470 o‘rin uchun mamlakat hukumati tomonidan tanlangan 470 nomzod kurash olib bordi.

Foto: Reuters
Kubada 26 mart, yakshanba kuni parlament – Xalq hokimiyati milliy assambleyasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi, unda muxolifat vakillarining ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bu saylovlarni «yasama» deb atamoqda, chunki parlamentdagi 470 o‘rin uchun mamlakat hukumati tomonidan oldindan tanlangan 470 nomzod da’vogarlik qildi. Bunday nazorat tizimi davlatda 1976 yilda parlament tashkil etilganidan beri o‘rnatilgan, deb ta’kidlaydi Bloomberg.
Hukmron Kommunistik partiyaning qattiq nazorati fonida, mamlakatdagi hukumatga qarshi kayfiyatni aniqlashning yagona yo‘li - ovoz berishni bekor qilgan yoki ovoz berishdan bosh tortganlar sonini kuzatish, deydi siyosiy tahlilchi va Cuba Siglo 21 asoschisi Antonio Blanko.
Milliy assambleya mamlakat prezidentini saylaydi. Bu lavozimni amaldagi davlat rahbari Migel Dias-Kanel saqlab qolishi kutilmoqda, deb yozadi dpa agentligi. 2018 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Dias-Kanel 1959 yilgi inqilobdan keyin Kastrolar oilasidan bo‘lmagan birinchi rahbarga aylandi. Undan avvalgi rahbar, 91 yoshli Raul Kastro hokimiyatni tark etdi, lekin parlamentda qoldi, u bu yil ham o‘z nomzodini qo‘ygan.
Kubadagi saylovlar iqtisodiy inqiroz, elektr ta’minotidagi uzilishlar, hosilning nobud bo‘lishi, yonilg‘i tanqisligi va AQSh sanksiyalari fonida o‘tmoqda, deya qayd etadi Bloomberg. So‘nggi bir yil ichida AQShga kirishga uringan noqonuniy kubalik muhojirlar soni to‘rt barobarga oshdi. Bloomberg so‘rovida qatnashgan tahlilchilarning aytishicha, ommaviy emigratsiya iqtisodiyotni cheklovchi omillardan biriga aylandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025