Kosovoda 9 fevral, yakşanba kuni parlament saylovlari bölib ötdi. Associated Press agentligining dastlabki ovoz beriş natijalariga tayanib xabar berişiça, ovozlarning 73 foizi hisoblab çiqilganidan söng, boş vazir Albin Kurtining «Öz taqdirini özi belgilaş» partiyasi 42 foiz ovoz töplagan holda yetakçilik qilmoqda. Muxolifatdagi Kosovo Demokratik partiyasi va Kosovo Demokratik ligasi mos ravişda 22,7 va 17,9 foiz ovoz bilan ikkinçi va uçinçi örinlarda. Törtinçi örinda yana bir muxolif kuç – sobiq boş vazir Ramuş Xaradinayning «Kosovo kelajagi uçun alyansi» 7,6 foiz ovoz bilan.

«Xalq ğalaba qozondi. «Öz taqdirini özi belgilaş» ğalaba qozondi. Biz keyingi hukumatni tuzadigan ğolib kuçmiz», — deya Kurti sözlarini keltiradi AP. Ayni paytda, vazirlar mahkamasini mustaqil ravişda şakllantiriş uçun hukmron partiya 50 foiz ovoz olişi kerak, aks holda «Öz taqdirini özi belgilaş» Kosovoning Ğarb bilan munosabatlarini qayta körib çiqmoqçi bölgan muxolifat kuçlari bilan koalitsiyaga kirişi va Serbiya bilan muzokaralarni qayta boşlaşi kerak böladi.

Saylov kuni mamlakat prokuraturasi ovoz beriş natijalariga ta’sir ötkazmoqçi bölgan sakkiz kişi hibsga olingani haqida xabar berdi. Biroq keyinroq politsiya «saylov jarayoni tinç va jiddiy hodisalarsiz ötganini» ma’lum qildi. Ovoz beriş jarayonini Yevropa Ittifoqidan 100 nafar, Yevropa Kengaşidan 18 nafar, xalqaro va mahalliy taşkilotlarning 1600 nafarga yaqin vakili kuzatdi. Kosovodagi parlament saylovlarida ikki millionga yaqin saylovçi ovoz beriş huquqiga ega edi. Kosovoning 120 örinli parlamenti ozçilik guruhlari uçun 20 ta örinni kafolatlaydi, ulardan 10 tasi, ovozdan qat’i nazar, etnik serblar uçun ajratilgan.