Gretsiya parlamenti hukmron «Yangi demokratiya» konservativ partiyasi nomzodi, sobiq parlament spikeri Konstantinos Tasulasni prezident etib sayladi.

Tasulasning saylanişi amaldagi prezident Katerina Sakellaropuluning vakolat muddati 2025 yil 13 martda tugaşi munosabati bilan parlamentda ötkazilgan törtinçi ovoz beriş jarayoni böldi. Bölajak prezident 160 ta ovoz töpladi. Ovoz beriş jarayonida parlamentning 300 nafar a’zosidan 276 kişi iştirok etdi. Nomzodning saylanişi uçun şunçaki köpçilikning ovozi (151 parlamentariyning) talab etilardi.

Parlamentdagi 300 örindan 156 tasini hukmron «Yangi demokratiya» partiyasi deputatlari egallagan.

Bundan taşqari, prezidentlikka nomzod Tasos Yannitsis — 34 ovoz, Luka Katseli — 29 ovoz, Kostas Kiriaku esa 14 ovoz töplaşga muvaffaq bölgan.

Inauguratsiya marosimi 13 martga — amaldagi prezident Katerina Sakellaropulu vakolati tugaydigan sanaga rejalaştirilgan.

Gretsiyada prezident umumiy ovoz beriş orqali emas, balki parlament tomonidan beş yil muddatga saylanadi.