O‘zbekiston | 12:35 / 27.03.2023
7447
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 4 tumanidagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari sababli Mirobod, Yunusobod, Yashnobod va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz

Mirobod tumani «Gospitalniy» dahasida joylashgan yerosti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 27 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar:

  • aholi iste’molchilari: «Avloniy» MFYda joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uylardagi 1591 ta aholi xonadonida;
  • ulgurji iste’molchilar: Kichik tadbirkorlik sub’yekti – 8 ta, novvoyxona – 1 ta, somsaxona – 1 ta, umumiy ovqatlanish – 4 ta, bouling o‘yingohi – 1 ta, «Avloniy» MFY idorasi – 1 ta iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani, Hasanboy hududi, KHAY, Islomobod, Ahrorobod ko‘chalari hamda Qoloqtepa mozori yonidagi jami 5 ta manzildagi chegara hududida o‘rnatilgan hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun, 27 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar:

aholi iste’molchilari: «Hasanboy», «Islomobod», «Sharq haqiqati» va «Katta Hasanboy» MFYda jami 4600 ta yerli xonadonda va 105 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani, Ohangaron ko‘chasidagi gaz taqsimlash punktiga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun, soat 10:00 dan 17:00 ga qadar:

aholi iste’molchilar: G‘alabaning 40 yilligi, 3-4-mavzedagi 30 ta ko‘p qavatli uylardagi 1200 ta xonadon va ushbu manzildagi KMXK korxonalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Olmazor tumani «Qizg‘aldoq» MFYdagi ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tgan gaz quvurlariga gaz hisoblagich (uzel) o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun, 27 mart kuni soat 11:00 dan 17:30 ga qadar:
  • aholi iste’molchilari: «Qizg‘aldoq» MFY 2-9 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 195 ta aholi xonadoni va ko‘p qavatli namunali uylardagi 8 ta, 3 qavatli uylardagi jami 600 ta aholi xonadonida;
  • ulgurji iste’molchilar: 4 ta market va 5 ta ofisda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Mavzuga oid