Tarmoqlarda Toşkent köçalaridan birida keçki vaqt “King Long” rusumli “garmoşka” avtobusi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, xavfli holatni keltirib çiqargani aks etgan video tarqaldi.

Holat böyiça "Toşşahartransxizmat" AJning ma’lum qilişiça, xodim öz xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, qöpol qoidabuzarlik sodir etgan. Şahar köçalarida qarama-qarşi harakatlanib, xavfli “manyovr”larni amalga oşirgan. Oqibatda esa avariya holatini keltirib çiqargan. Şu sababli bu haydovçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Qoidabuzarlik çoğida nafaqat özining balki boşqa yöl harakati iştirokçilarining ham hayotini xavf ostiga qöygani uçun qoidabuzarni haydovçilik guvohnomasidan mahrum qiliş yuzasidan Jinoyat işlari sudiga maxsus taqdimnoma kiritilgan.

Bundan taşqari, u qöpol qoidabuzar haydovçilarning elektron bazasi, ya’ni "qora röyxat"ga ham olingan. Eslatib ötamiz, bunday elektron bazaga kiritilgan haydovçilar avtobus saroyi filiallariga qayta işga olinmaydi. Hozirda bunday haydovçilar soni 197 nafarga yetgan.