Joylarda OTMga öqişga kiritiş bilan boğliq noqonuniy holatlar foş etildi.

DXX xodimlari tomonidan IIV bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan şaxs Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni özining mansabdor tanişlari orqali IIV Akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 22 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qaşqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarşi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Qarşi filialiga mazkur oliy ta’lim muassasasidagi tanişlari orqali har birini 4 ming dollardan, jami 12 ming dollar evaziga 2-kursdan öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan. DXX va Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u 11 700 dollar olgan vaqtida qölga olingan.

DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ham prokuratura organlari bilan hamkorlikda Çinoz tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan şaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni Toşkent davlat pedagogika universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Olmaliq şahar bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiyi esa özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga Olmaliq şahrida yaşovçi fuqarodan 3 500 dollar olgan vaqtida qölga olingan.

Şuningdek, DXXning Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi hamda departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Urganç davlat universiteti dekani Gurlan tumanida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan fuqaroning işonçiga kirib, uning qarindoşini ijodiy imtihonlardan ötkazib beriş evaziga 2 600 dollar va 2,5 mln söm olgan vaqtida uşlangan.

Boşqa holatda Urganç ixtisoslaştirilgan san’at maktabining bölim boşliği Boğot tumanida yaşovçi fuqaroga tanişlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati institutiga öqişga kirişi uçun yöllanma olib beriş va amaliy imtihonda kömaklaşiş evaziga 4 ming dollar talab qiladi. Ammo u ham söralgan pul mablağini olgan vaqtida qölga olingan.

Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.