Tadbirkor Komil Islomov Toşkentda öziga tegişli 10 dan ortiq yoqilği quyiş şoxobçalarida quyoş panellarini örnatgan. Bu obektlar kunduzi elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini özi qoplab, ortiqça tokni davlatga sotadi. Kun.uz tadbirkorning bu yönalişdagi tajribasi bilan qiziqdi, duç kelayotgan muammolarini tingladi.

Komil Islomovning sözlariga köra, poytaxtdagi öndan ortiq AYoQŞlarida örnatilgan quyoş panellarining umumiy quvvati 4 megavattga teng. Şu orqali tadbirkor elektr tokiga bölgan ehtiyojining 25 foizini özi örnatgan panellar yordamida qoplayapti.

“Quyoş panellari böyiça prognozlarimiz özini oqladi”

“Şaharda 11 ta, viloyatda 2 ta filialimiz bor. Benzin, metan kabi yoqilğilarni sotiş bilan şuğullanamiz. Bugungi kunda Özbekiston bozoriga elektromobillar kirib kelyapti, ertangi kun şu sohaga yönalyapti. Tadbirkorning maqsadi – doim foyda oliş. Ötgan yili quyoş panellari böyiça propaganda ketganda, bizga talablar qöyildi. Taxminan, 50 ming dollarga quyoş panellarini olsak, talab böyiça körsatkiçni yopgan bölardik. Bu vaqtda elektr energiyasining narxi 450 söm edi, lekin narx kötarilişi borasida gaplar bor edi. Hisob-kitob qilib, biznes reja qilganimizda bu loyiha 9-10 yilda özini oqlaşi kerak edi.

Komil Islomov

9,6 megavatt quyoş panellarini olib keldik, Huawei kompaniyasidan inverterlar va qimmat bölsa ham yaxşi mahsulotlarni olib keldik, bularni faqat özimizning obektlarga qöyiş asosiy maqsad edi. Salkam 1 yil böldi, iqtisodiy hisob-kitoblarimiz özimiz öylagan prognozlarni berdi. Ikkinçi tomondan, elektr energiyasining narxi 450 sömdan 900 sömga kötarilgani panellarning özini oqlaş davrini 9 yildan 4,5–5 yilga tuşirdi. Bu hali hammasi emas, yuridik şaxslar uçun narxlar yana oşişi mumkin”, – deydi tadbirkor.

“Bizga joylar kerak”

“Bitta narsani aytiş mumkin, bu loyiha iqtisodiy samarador. Şaharda qança obektimiz bölsa, hammasiga örnatib böldik. Bizga qöşimça joylar kerak, qöşimça joylar masalasida şunday takliflar bermoqçimiz: propaganda vaqtida quriliş işlarimiz bitmay töxtab qoldi. Şu narsalarga davlat tomonidan ruxsat berilsa, qöyayotgan panellarimiz, özimiz işlatayotgan elektr tokidan ortiqça bölib, elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini örnatmoqçimiz. Elektromobil köp elektr tokini talab qiladi, ularga talab oşib boryapti, demak elektr energiyaga talab ham oşadi, Buni qoplaş uçun biznesda yaxşi imkoniyat bor. Bu narsa daromadliligini amaliyotimizda isbotladik”,