Özbekistonda ipakçilik: samarasiz byurokratik boşqaruv saqlanib qolmoqda
|20:47 / 29.03.202327 75935 min
Özbekistonda pilla yetiştirişdagi muammolar, boşqaruv tizimidagi nuqsonlar hamda sohani rivojlantiriş uçun qanday islohotlar zarurligi haqida iqtisodçi Yuliy Yusupov fikr yuritadi.
Aprel oyi oxirida Özbekistonda pilla boqişning yangi mavsumi boşlanib, 30-40 kun davom etadi. Pilla olinadigan ipak qurti odatda qişloq uylarida yoki tutzorlarga yaqin joylaşgan alohida şiyponlarda boqiladi. Uni yetiştirişda oilaning bir yoki bir neça a’zosi (kasanaçilar yoki pillakorlar) qatnaşadi. Kasanaçilar ipak qurtini tut barglari bilan boqadi. Bu jarayonda tegişli tozalik, harorat va namlik ta’minlanişi kerak. Köpçilik pillaxonalarni elektr isitgiçlar, gaz yoki ötin peçlari yordamida isitadi. Ipak qurti kattargani sari oğzida ipak tolasiga aylanadigan yopişqoq modda hosil qilib, undan pillaga aylanadi. Pilla tayyor bölgaç, ularni kasanaçilar tut şoxlaridan qöllari bilan terib olişadi. Köpinça qöni-qöşni, qarindoş-uruğlar pilla terimiga taklif qilinadi.
Pilla yetiştiriş juda mehnattalab va toliqtiruvçi jarayondir. Buni pillakorlardan biri quyidagiça ta’riflaydi: “Aprel oyi oxirida 5 quti qurt oldik. Dastlab uç kelinim 3-4 etakdan tut bargi taşidi. Piyoda borib kelişardi. Masofa uzoq emas. Kuniga 2 marta. Ertalab soat 4 dan 8 gaça, keçqurun soat 4 dan 7 gaça. Ungaça men qurt boqilayotgan xonani şamollataman, supuraman. Agar nabiralarim uyda bölsa, yordam berişadi, namligini saqlaş uçun bark öralgan etaklarni höllaşadi. Agar höllanmasa, barg tez qurib qolişi mumkin. Qurt qurigan barglarni yemaydi, ularga yangilarini beriş kerak. Bundan taşqari, nabiralarim taxta raflardan tuşib ketgan qurtlarni terib, joyiga qöyadi. Agar ular darhol joyiga qöyilmasa, çumolilarga yem bölişi mumkin. Qurt uçinçi uyqudan uyğonganidan söng eng qiyin paytlar boşlanadi. Biz yana köproq barg olib kelişimiz kerak. Öğillarimning yordamisiz buni eplolmaymiz. Katta öğlim traktorda barg taşiydi. U kelinlarim bilan sahar soat 4 da jönab ketib, soat 8 ga yaqin qaytib keladi, keyin darrov qurtlarni oziqlantirişimiz kerak, bu taxminan 2 soat vaqtimizni oladi. Şundan söng xonani yana tozalaş, şoxlarni ehtiyotkorlik bilan tortib oliş kerak böladi. Umuman olganda, bu qurtlarga kuniga 24 soat vaqt sarflaşingiz kerak, biz kuniga uzoği bilan 4-5 soat uxlaymiz”.
Foto: Timur KarpovFoto: Timur Karpov
Germaniyada faoliyat yuritadigan Özbekiston inson huquqlari forumi (Özbek forumi)ning ipakçilik sanoatidagi majburiy mehnat masalalariga bağişlangan “
” nomli oxirgi hisoboti 2015 yilda e’lon qilingan edi. Unda aytilişiça, fermerlar, davlat va budjet muassasalari (mahalla qömitalari, maktablar, şifoxona kabi taşkilotlar) davlat tomonidan belgilangan reja körsatkiçlariga muvofiq pilla yetiştirişga majbur qilinadi. Ular köpinça işlab çiqariş xarajatlarini qoplamaydigan pillani rasman belgilangan past narxda sotişi kerak. Oqibatda Özbekistonda ipak işlab çiqariş jarayoni işlab çiqaruvçilar uçun qimmatga tuşadi, mehnat talab qiladi va foyda keltirmaydi.
2015 yildan beri vaziyat, albatta, sezilarli darajada özgardi. Şu sababli bugungi kunda uşbu sanoatda nimalar sodir bölayotganini tuşuniş, jumladan, quyidagi savollarga javob oliş foydadan xoli bölmaydi:
Pilla yetiştirişda iqtisodiy bölmagan majburlaş elementlari mavjudmi?
Sanoat boşqaruvi qançalik samarali?
Sohada yuritilayotgan siyosat qişloq aholisi daromadlarini oşirişga va, umuman, mamlakat iqtisodiyoti ösişiga qay darajada hissa qöşmoqda?
Biz bu savollarga Özbekiston inson huquqlari forumi tadqiqotlari, amaldagi me’yoriy-huquqiy baza va boşqa oçiq axborot manbalari, jumladan, rasmiy statistika ma’lumotlari asosida javob berişga harakat qilamiz. Uşbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar Özbek forumi naşrga tayyorlayotgan yangi hisobotda öz aksini topadi.
Ipakçilik tarmoği raqamlarda
Xalqaro ipakçilik komissiyasi (International Sericultural Commission - INSERCO) ma’lumotlariga köra, jahon töqimaçilik bozorida ipakning uluşi hattoki 0,2 foizdan kamroq bölişiga qaramay, uning işlab çiqariş bazasi 60 dan ortiq mamlakatga töğri keladi. Asosiy işlab çiqaruvçilar Xitoy (2021 yilgi jahon işlab çiqarişida 54,1%) va Hindiston (40,4%) hisoblanadi. Özbekiston uçinçi örinda turadi (2,4%).
Özbekistonda 1 quti ipak qurti uruğidan örtaça 55 kilogrammdan pilla hosili olinadigan bölsa, Xitoy va Hindistonda bu körsatkiç 80-85 kilogrammga yetadi. Ta’kidlaş kerakki, xomaşyo kalibrlari va uzunligi böyiça pilla turlari farqlanadi. Özbekistonda pillaning kalibr böyiça birjinsliligi Xitoy, Hindiston, Vetnam va Braziliyadagi 90-95 foizga nisbatan örtaça 60 foizni taşkil etadi.
Sönggi yillarda jahonda ipak işlab çiqariş hajmi sezilarli darajada qisqardi.
Biroq review.uz ma’lumotlariga köra, ipak xomaşyosini mamlakatimizda qayta işlaş uluşi 25 foizdan oşmaydi, qolgan qismi eksport qilinadi. Özbekistondan ipak, şu jumladan, ipak tola va gazlama eksporti hajmi oşib bormoqda: 2017 yildan 2022 yilgaça 30,9 million dollardan 92,5 million AQŞ dollariga yetdi. Ammo uning Özbekiston eksportidagi uluşi unçalik katta emas (0,5 foizdan kam). Taqqoslaş uçun: 2022 yilda Özbekistondan barça töqimaçilik mahsulotlari eksporti 3,2 milliard AQŞ dollarini, şu jumladan, kalava ip 1,4 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi.
Özbekiston Respublikasidan ipak, şu jumladan, ipak tola va gazlama eksporti, million AQŞ dollarida.
Özbekistondan ipak eksporti tarkibida (2021 yil uçun ma’lumotlar) pilla çiqiti va xomaşyosi (68,2%) ustunlik qiladi. Ipak gazlama va tola uluşi hanuz köp emas (31,8%). Ammo sönggi yillarda gazlama eksporti sezilarli darajada ösdi: 2017 yildagi 210 ming dollardan 2021 yilda 23,8 million dollargaça (ösiş 113,5 barobar).
Davlatning roli
2017 yildan buyon mamlakat prezidenti va hukumati darajasida sohani boşqariş tizimini özgartirişga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Yangi siyosatning özagi ipakçilik klasterlari taşkil etişdan iborat bölib, ular ipak qurti uruği yetiştiriş va pilla boqişdan tortib, ularni qayta işlaş va eksport qilişgaça bölgan tayyor mahsulot işlab çiqarişning butun jarayonini qamrab olişi kerak. Şuningdek, ipakçilik sanoati korxonalariga soliq va bojxona yukini yengillaştiriş, transport xarajatlarini kamaytiriş, tarmoqni kreditlaş şartlarini yaxşilaş, qolaversa, pilla yetiştiriş bilan şuğullanayotgan kasanaçilarni ijtimoiy rağbatlantirişga qaratilgan imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Şu bilan birga, hukumat pilla yetiştiriş uçun yer ajratiş, majburiy işlab çiqariş rejalarini va qayta işlaş korxonalari pilla yetiştiruvçilardan pilla sotib oliş narxlarini belgilaş orqali ipakçilik tarmoği ustidan xuddi paxtaçilik sanoatidagi kabi ma’muriy nazoratni saqlab kelmoqda. Pilla yetiştiriş rejasi hukumat qarorlari bilan belgilangan prognoz körsatkiçlar niqobi ostida mavjud bölib, ular asosida Özbekistonning har bir viloyati va tumaniga kvota, ya’ni keyinçalik qayta işlaş uçun yetiştirilişi kerak bölgan pilla miqdori belgilanmoqda.
Ipakçilik tarmoğini tartibga soluvçi organ esa pillaçilik va qorakölçilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş vazifasi yuklangan Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi (2020 yilda taşkil etilgan) hisoblanadi.
Ammo qömitadan taşqari 2017 yilda asos solingan “Özipaksanoat” uyuşmasi ham bor, uning tarkibiga ipakçilik sanoati korxonalari, şuningdek, “Agropilla” ipak qurti pillasini tayyorlaş tuzilmalari kiradi. Uyuşma Özbekistonda davlat tomonidan yaratilgan, töliq va butunlay davlatga böysunadigan, davlat tomonidan moliyalaştiriladigan (bevosita yoki xöjalik yurituvçi sub’yektlar uçun majburiy tölovlar yöli bilan) funksiyalarni özida mujassam etgan qator tarmoqlar uçun xos bölgan xöjalik boşqaruvi organidir:
tadbirkorlik sub’yekti;
öz a’zolarining manfaatlarini ifodalovçi sanoat uyuşmasi;
sohaning davlat regulyatori.
Foto: Timur Karpov
Foto: Timur Karpov
Bunday funksiyalarning bir taşkilotda jamlanişi aniq manfaatlar töqnaşuvini anglatadi. Bundan taşqari, uyuşmaning vazifa va funksiyalari keyinroq taşkil etilgan Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantirişqömitasiniki bilan deyarli bir xil.
Sohani boşqarişning navbatdagi böğini pilla yetiştiriş böyiça rejalarning bajarilişiga mas’ul mahalliy davlat hokimiyati organlari bölib, buning uçun ular ma’muriy majburlaş çoralarini qöllaydi. Qoidaga köra, ular pilla yetiştiriş rejasini oddiy fermerlar örtasida taqsimlab, bajarilişini nazorat qiladi.
Ipakçilik tarmoğidagi davlat boşqaruvi tizimining yana bir muhim böğini ipakçilik klasterlaridir. Rasman ular mustaqil, nodavlat tijorat taşkilotlari hisoblanadi. Ammo ular davlat bilan çambarças boğliq: davlat qarori bilan tuziladi, “Özipaksanoat” kvazidavlat uyuşmasining majburiy a’zolari hisoblanadi, fermer xöjaliklari örtasida pilla yetiştiriş böyiça rejalarni majburiy taqsimlaşda iştirok etadi, kvazidavlat uyuşmaga a’zo sifatida imtiyoz va preferensiyalar oladi. “Özipaksanoat” uyuşmasi ma’lumotlariga köra, 2022 yil noyabr holatida Özbekistonda 74 ta ipakçilik klasteri faoliyat körsatmoqda.
Pilla yetiştiriş böyiça vazifalar ikki yöl bilan taqsimlanadi. Klasterlar töğridan töğri yoki “Agropilla” uyuşmasining tuman bölimlari orqali:
fermerlar bilan hamkorlik qiladi va ular bilan bevosita şartnomalar tuzadi (mahalliy hokimiyat va turli kvazidavlat “jamoat taşkilotlari”ning faol yordami bilan - quyida köring). Fermerlar mahalliy aholi va fermer xöjaliklari işçilariga ipak qurti uruği tarqatadi, jumladan, öz oilalarida ham pilla yetiştiradi;
mahalla qömitalari va bandlik agentliklari tomonidan yordam körsatilayotgan kasanaçilarga buyurtmalarni töğridan töğri tarqatadi.
Yetiştirilgan pilla odatda “Agropilla” tuman bölimlari tomonidan taşkil etilgan qabul punktlariga topşiriladi. U yerdan pilla qayta işlaş korxonalariga yetkazib beriladi va birlamçi qayta işlanadi.
Pillaning minimal xarid narxlari davlat tomonidan belgilanadi. Klasterlar köproq tölaşi mumkin, lekin kam emas. 2022 yil oxirigaça kasanaçilarga topşirilgan 1 kilogramm pilla uçun davlat budjetidan 5 ming sömdan subsidiya tölab berildi. Demak, 2022 yilda bir kilogramm pillaning rasmiy narxi 24 700 sömni taşkil etgan bölsa, subsidiyani hisobga olganda yakuniy bazaviy narx kilogrammi uçun 29 700 sömni (2,7 dollar) taşkil qildi. Biroq 2023 yildan boşlab uşbu subsidiya örniga qurt uruği işlab çiqaruvçi korxonalarga har bir qutisi uçun 120 000 söm subsidiya ajratildi. Subsidiya 2026 yil oxirigaça beriladi.
Foto: Timur Karpov
Foto: Timur Karpov
Fermerlarning roli
Intervyu qilingan fermerlarning aksariyati yer ijarasiga köra pilla yetiştirişi şart emasligini ta’kidlaydi. Ammo ularga uşbu turdagi faoliyat bilan şuğullaniş uçun qat’iy takliflar bilan murojaat qilişadi. Aksariyat hollarda bular hokimliklar, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, suvdan foydalanuvçilar uyuşmasi, mahalla qömitasi, şuningdek, pillani qayta işlaş korxonalari (klasterlar va “Agropilla” bölimlari) vakillaridir.
2022 yil davomida Özbek forumi 51 nafar fermer bilan çuqurlaştirilgan intervyu ötkazganida ulardan atigi 20 foizi pilla yetiştiriş yoki yetiştirmaslikni tanlaş imkoniyati borligini aytdi. Aksariyat fermerlar pilla yetiştirişdan boş tortiş “hokimlik va boşqa mutasaddi idoralar bilan boğliq muammolar”ga olib kelişi, şuningdek, “yerdan mahrum böliş”, ya’ni fermerga ijaraga berilgan yerni hokimlik qandaydir bahona bilan tortib olişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Fermer bilan suhbatdan: “Qişloq xöjaligi yerlaridan foydalaniş mexanizmi şunday tuzilganki, fermer heç narsadan boş torta olmaydi. Yer davlatniki, fermer esa bor-yöği ijaraçi. Agar fermer yuqoridan kelgan topşiriqni bajarişdan boş tortişga qaror qilsa, boşqalar undan örnak olmasligi uçun hokim butun qörqitiş arsenalidan foydalanadi. Prokuratura, militsiya, soliq va hokazolarning hammasi sizga xuddi oç böri kabi taşlanib, turli tomondan yulğilay boşlaydi. Şu bois, bunday vaziyatlarda har qanday fermer öziga aytilgan işni jimgina qilişni afzal köradi. Pilla, ğalla va paxta, bayram tantanalarini ötkaziş – bularning barçasi, albatta, fermerning böyniga tuşadi”.
Fermerlarga reja körsatkiçlari qay tartibda belgilanadi? Ular tut daraxti soni va hosildorligini hisobga olgan holda yoki fermer ixtiyoridagi tut plantatsiyasi maydoniga qarab belgilanişi kerak, deya taxmin qilinadi. Amalda esa reja körsatkiçlari köpinça fermer ixtiyoridagi yerning umumiy maydoniga qarab belgilanadi, ba’zan esa tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganlik darajasi hisobga olinadi. Andijon viloyati “Agropilla” korxonasi agronomi bilan suhbatdan: “Fermerlarga yerining maydoni va holatiga qarab qurt uruği tarqatamiz. Tut daraxti mavjudligi ham hisobga olinadi. Hammaga har xil tuşadi. Masalan, Uluğnor tumanida (fermerlar uçun) bir gektar yerga - 5 kg, Marhamat tumanida - 14-15 kg, Andijon tumanida - 12 kg, Şahrixon tumanida - 20 kilogrammdan pilla rejasi belgilangan”.
Tut daraxti soni va hosildorligi köp hollarda reja belgilaşda hisobga olinmaydi. 2022 yilgi sörovda qatnaşgan fermerlarning 1/3 qismi tut barglarini sotib olişga majbur bölganini tan olgani ham şundan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda rejani kamaytiriş yoki pora evaziga pilla yetiştirişni rad etiş mumkin. Bu haqda guvohlardan biri aytadi: “Hokim örinbosari men unga 400 dollar bersam, ipak qurti yetiştirmasam ham bölaverişini aytdi. Söragan pulini berib, pilladan qutuldim”.
Suhbatda iştirok etgan fermerlarning katta qismi (80 foizi) pilla uçun belgilangan narxni adolatli deb hisoblamasligini, (75 foizi) pilla yetiştiriş ularga foyda keltirmasligini ta’kidlagan. Uşbu pozitsiya köpinça quyidagi dalillar bilan asoslanadi:
Pilla yetiştiriş tannarxi uni sotişdan olingan daromaddan yuqori. Pilla uçun tölov, qoidaga köra, töliq yoki deyarli töliq tarzda kasanaçilarning mehnat haqini tölaşga sarflanadi. Ba’zida ularni qöşimça ravişda rağbatlantirişga töğri keladi, masalan, oziq-ovqat va boşqa imtiyozlar şaklida. Şuningdek, tut bargi sotib oliş, kesiş va taşiş, tutni barg öğrilaridan himoya qiliş kabi xarajatlar uçun tölaş, şuningdek, xonalarni isitiş uçun yoqilği sotib oliş, binolarni ta’mirlaş kerakligi ta’kidlangan.
Fermerlar dala işlari mavsumi paytida işçilar va moddiy resurslarni asosiy faoliyatdan (odatda paxta va ğalla yetiştiriş) taşqari yönaltirişga majbur böladi.
Uşbu turdagi faoliyat uçun heç qanday şart-şaroit yöq: ozuqa bazasi yetarli emas (sotib olişga majbur bölinadi), zarur binolar yöq (kasanaçilar pilla boqilgandan söng ta’mirlaş zaruratini tuğdiradigan öz uy-joyidan foydalanişiga töğri keladi).
Bundan taşqari, pilla uçun tölov keçikişi mumkin. Ayrim hollarda yetkazib berilgan pilla uçun tölov yillar davomida amalga oşirilmay, fermerlar faqat avans bilan çeklanadi. 1,5 gektarli tutzor ijaraçisi bunday deydi: “Öz vaqtida pullarimizni ololmaymiz. Klaster pilla yetiştiruvçilar va fermerlardan 2020 va 2021 yillar uçun pilla tölovlari böyiça qarzdor edi. Klaster pilla uçun pul tölamaydi, lekin reja bajarilişini va yetkazib berilmagan pilla summasining 25 foizi miqdorida jarima tölaşni talab qiladi. 2022 yil uçun davlat subsidiyalari (5000 söm) ham tölab berilmagan”.
Foto: Timur Karpov
Pilla yetiştirişni daromadli deb hisoblaydigan fermerlar ham bor. Moliyaviy daromadni, asosan, norasmiy bozorda rejadan ortgan pillani rasmiy narxdan qimmatroq sotuvçilar oladi. Ayniqsa, tut daraxti köp va pilla yetiştiriş uçun zarur binolar mavjud bölgan taqdirda, unumli işlab çiqarişni taşkil etayotgan, hatto ortiqça pillani rejani bajara olmagan boşqa işlab çiqaruvçilarga sotiş orqali nisbatan yaxşi daromad oladigan işlab çiqaruvçilar bor.
Bu yana bir fermerning hikoyasi: “Tutzor yaqinida aprel-may oylarida ipak qurti yetiştiriladigan katta omborxonam bor. Tut şoxlarini taşiş uçun hatto transport ham talab qilinmaydi. Xotinim (bolalar yordam beradi) har yili yarim tonnaga yaqin pilla yetiştiradi. Avval mening rejamni bajaradi, keyin boşqa fermerlarga sotadi. Bu yil pillaning 1 kilogrammi 30 ming sömdan boşlandi. Narx ikki-uç kun içida taxminan 35-40 ming sömgaça kötarildi. Mavsum söngida tom va majoziy ma’noda hokimdan şapaloq yeganlar kelib, kilogrammiga 40 ming sömdan tölaşdi. Xotinim şu tariqa joriy yilda 14 million sömdan ortiq naqd pul işlab oldi. Mayli, buni noqonuniy daromad hisoblaşsin, ammo bu xotinim va bolalarimning mehnat haqi. Agar hammasini davlat narxlarida topşirganimizda, biz heç qanday foyda ololmagan bölardik”.
Ammo köpinça fermerlar moliyaviy bölmagan foyda haqida gapirişadi: ötin sifatida tut şoxlaridan foydalaniş, daraxtlar orasida ekin ekiş imkoniyati (bu hukumat qarorlarida nazarda tutilgan), muhtoj oilalarga işlab oliş imkoniyatini beriş, hokimiyat organlari bilan yaxşi munosabatlarni saqlab qoliş. Quyidagilar fermerlarning tipik fikrlari: “Hammasini hokim buyurgandek bajarsang, u xöjaligingga köz tikmaydi. Agar u hatto qonunbuzarliklarni payqab qolsa ham özini sezmagandek körsatadi. Buning uçun siz hamma narsani töğri qilişingiz, rejani muntazam va vijdonan bajarişingiz kerak. Oilangiz ham keçalari militsiyani kutmay, tinç uxlab, tinç yaşaysiz”.
Aytiş joizki, köpinça fermerlarning “qonunbuzarlik”lari paxta va ğalla uçun ajratilgan yerdan “maqsadsiz foydalaniş” bilan boğliq. Fermerlar öz yerida köproq daromadli ekinlar ekişga harakat qilsa-da, bu qat’iy taqiqlanib, yerni olib qöyişgaça bölgan jazoga sabab böladi.
“Özipaksanoat” uyuşmasi raisi Bahrom Şaripovning aytişiça, kelgusida fermerlarni pilla yetiştirişdan ozod qiliş rejalaştirilgan. Ammo fermerlar bilan şartnomalar 2026 yilgaça tuziladi. Fermerlar kasanaçilarga ipak qurti uruği tarqatiş, şuningdek, ularni ozuqa - tut bargi bilan ta’minlaş uçun javobgardir.
Suhbatda qatnaşgan fermerlarning aksariyati ularni pilla yetiştiriş majburiyatidan ozod qiliş va kasanaçilarni işga oliş funksiyasini klasterlar va “Agropilla” bölimlariga ötkaziş zarur, deb hisoblaydi. Mana bu odatiy gaplar: “Pilla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari taşkil etilişi yoki klaster işsizlarni jalb qilib, ular bilan bevosita muzokaralar olib borişi kerak. Qişloğimizda katta yoşli kamida 200 nafar işsiz odam bor, ularni işga jalb qiliş kerak. Pilla yetiştirişni fermerlarga yuklaş notöğri. Agar klasterlar pilla yetiştirişga faqat işsizlarni jalb qilsa, ularga mehnati uçun bozor bahosida haq tölasa, odamlar qança daromad olişi mumkin edi”.
Kasanaçilar
Töğridan töğri pilla yetiştiriş bilan aholining ikki toifasi şuğullanadi:
tut plantatsiyalari uçun klasterdan 3 gektargaça yer olib, buning evaziga pilla yetiştirişi kerak bölganlar;
fermer xöjaligi işçilari, fermerning oila a’zolari va kam ta’minlangan qişloq aholisi. Ular yuqoridan tuşirilgan reja körsatkiçlari böyiça pilla yetkazib berişga majbur bölgan mahalliy fermerlardan yoki “Agropilla”ning mahalliy bölimlaridan buyurtmalar oladi.
Klasterlar va “Agropilla” vakillarining ta’kidlaşiça, kasanaçilar buyurtmalarni ixtiyoriy ravişda qabul qiladi, ba’zilari esa özi murojaat etadi. Köpçilik pilla yetiştiriş tajribasiga ega. Sönggi yillarda pilla narxi oşgani, pilla puli öz vaqtida berilayotgani tufayli aholi bu işga rozi bölmoqda. Bundan taşqari, kasanaçilar qöşimça imtiyozlar, moddiy va nomoddiy daromadlar oladi, ularga quyida töxtalamiz.
Fermerlar esa kasanaçilar davlat tomonidan beriladigan maoş evaziga pilla yetiştirişni istamasligidan şikoyat qilişadi. Şu sababli ularga qöşimça rağbatlantirişlar berilişi kerak. Köpinça fermerlar qişloqdoşlari orasidan köngillilarni topa olmagani sababli öz oilalari va doimiy işçilarining oila a’zolarini pilla yetiştirişga jalb qilişga majbur böladi.
Fermerlar yoki klaster vakillari pillakorning imkoniyatlari (bino, işçi kuçi, ozuqa bazasi hajmi)ga qarab ipak qurti uruğini tarqatadi. Har bir qutidan muayyan miqdorda pilla oliş taxmin qilinadi.
Suhbat qilingan kasanaçilarning aksariyati yetkazib berilgan pilla narxini adolatsiz deb hisoblaydi. Şu bilan birga, köpçilik pilla yetiştiriş orqali yetkazib berilgan pilla uçun bevosita tölov bilan boğliq bölmagan manfaatdorlikni ta’kidlamoqda:
hukumat qarorlarida nazarda tutilgan bir yillik (bir oylik iş uçun) iş stajini oliş imkoniyati;
ötin sifatida tut daraxti şoxlaridan, öğit sifatida esa çiqit va qurt qoldiqlaridan foydalaniş mumkin;
rejadan ortiqça pillani norasmiy bozorda yuqori narxlarda sotiş mumkin, ayniqsa, belgilangan rejani bajarişi şart bölgan fermerlarga;
klaster yoki fermer kasanaçilarga tutzorlar uçun ajratilgan yerdan sabzavot va boşqa ekinlarni yetiştiriş uçun foydalanişga ruxsat berişi mumkin;
fermerlar pilla uçun belgilangan tölovdan taşqari, ba’zan kasanaçilarga qöşimça rağbatlantirişlar ham beradi: ötin, oziq-ovqat va boşqalar;
ba’zi hollarda buyurtmaçilar (katta ehtimol bilan faqat fermerlar) iş uçun qöşimça haq tölaydi.
Odamlar, şuningdek, mahalliy hokimiyat organlari, bandlik agentligi, fermerlar bilan yaxşi munosabatlar örnatiş maqsadida ham pilla yetiştirişga rozi bölişi mumkin. Fermer bilan yaxşi munosabatni saqlab qoliş maqsadida uning işçilari köpinça pilla yetiştirişga rozi bölişadi.
Şu bilan birga, intervyu olingan kasanaçilar pilla yetiştiriş bilan boğliq qiyinçiliklar, xarajatlar va yöqotilgan foydalarni ta’kidlaşadi:
§ Bu juda köp kuç va vaqt talab qiladigan jarayondir. Kasanaçilarning bu haqdagi takroriy iqtiboslari: “Qurt boqiş juda qiyin iş. Tong saharlab uyğonib, soat 4-5 lar orasida bargga boriş, boşqa işlar – çiqindini tozalaş, poyaga soçilgan qurtlarni ajratib oliş”, “Uyda neçta odam bölsa, hammamiz işlaymiz. Bir oy davomida yetarliça uxlaş yöq, çarçoq bizni tark etmaydi”, “Biz oxirgi hafta davomida uyqusiz işlaymiz”.
§ Pilla yetiştirişdan köra mardikorlik orqali köproq pul işlaş mumkin. Taxminiy hisob-kitoblarga töxtalamiz (2022 yil narxlarida). Bir oilaga odatda 60 kg hosil oliş mumkin bölgan bitta quti qurt uruği beriladi. Aytaylik, reja 50 kg edi. Ular 1 kg pillani 30 ming sömdan topşiradi. Rejadan ortgan (10 kg) mahsulot norasmiy bozorda kilogrammi 35 000 sömdan sotiladi. Jami: 1 850 ming söm. Ammo bunday natijaga erişiş uçun bir oy mobaynida ular butun oila a’zolari bilan mehnat qiladi. Deylik, ular katta yoşli 4 kişi. Ayni paytda “mardikor bunga tenglaştirilgan iş uçun kuniga 50 ming sömdan oladi”. Bu esa 4 kişi uçun hisoblaganda 6 million söm böladi.
§ Uy şaroitida pilla yetiştirilgan taqdirda, “turar joy binolarimizni böşatişimizga töğri kelib, bu köplab noqulayliklar tuğdiradi”. Şuningdek, binolarni ta’mirlaş uçun pul va kuç sarflaş kerak böladi. Şu sababli kasanaçilar köpinça pilla yetiştiriş uçun alohida inşoot quriş zarurligini aytişadi.
§ Qurt boqiş uçun tut bargi har doim ham yetarli bölmaydi, ba’zida ularni sotib olişga majbur bölişadi.
§ Qurtlar kasallik yoki yomon ekologiya tufayli nobud bölişi mumkin.
Ayrim kasanaçilar farzandlari mehnatidan foydalanganini (istamaygina) tan olişdi: “Bolalarim poyadan tuşgan qurtlarni terişadi. Yoki endigina ipak qurti olib kelingan paytlarda ularni barg terişga jönatamiz”.
Xulosa va tavsiyalar
Özbekistonda ipakçilikning boy an’analari mavjudligi, qulay iqlim şaroiti, aholi ziçligining yuqori darajasi, qişloq joylarda mehnat resurslari köpligi ipakçilikni qişloq aholisini iş bilan ta’minlaş va daromad keltiruvçi istiqbolli sohaga aylantirişga sabab bölişi kerak edi. Biroq Özbek forumi suhbatlaşgan kasanaçilar va fermerlar pilla yetiştiriş özlari uçun daromadli iş ekaniga işonmaydi va ularning köpçiligi majburan şu iş bilan şuğullanadi.
Buning sabablari nimada? Buning asosiy sababi iqtisodiy tartibga solişning bozordan taşqari (ma’muriy) vositalarini keng qöllaşga, jumladan, faoliyatning ayrim turlari bilan şuğullanişga bevosita majburlaşga tayanadigan siyosatdir.
Şu örinda, avvalo, pillaçilikdagi davlat siyosati Özbekistondagi umumiy agrar siyosatning bir qismi ekanini ta’kidlaş lozim.
Qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodiyotining davlat tomonidan eng köp tartibga solinadigan tarmoqlaridan biridir. Asosiy yirik qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari (fermerlar)ning yerga bölgan huquqlari nihoyatda zaif himoyalangan, yer istalgan vaqtda olib qöyilişi mumkin, undan foydalaniş huquqi qayta sotilmaydi, garovga qöyilmaydi (kredit oliş uçun), uning sublizing imkoniyatlari çeklangan. Şu sababli yer egalarida yerga ğamxörlik qiliş va uning unumdorligini oşiriş uçun uzoq muddatli investitsiya kiritişga rağbat yöq. Yerdan qisqa muddatli foyda oliş uçun intensiv foydalaniladi.
Şu bilan birga, fermerlarning aksariyat yerlarini ayrim ekinlar (paxta, ğalla, ipak) yetiştiriş uçun davlat tomonidan belgilangan narxlarda hosilni sotiş rejasini bajariş majburiyati bilan kvotalaş singari sovet davridan qolgan amaliyot saqlanib qolgan. Bu amaliyot fermerlarga tuproq xususiyatlari, iqlim, suv mavjudligi, xodimlar malakasi, bozor şaroiti, xarajatlar miqdori va qiyosiy ustunlikning boşqa omillarini hisobga olgan holda işlab çiqariş tuzilmasini optimallaştiriş imkonini bermaydi. Majburiy davlat buyurtmasi uçun ajratilgan yerda boşqa ekin yetiştiriş köpinça samaraliroq böladi. Qolaversa, davlat buyurtmasi böyiça hosil yetiştiriş böyiça belgilangan rejalar fermerlarni yerdan intensiv foydalanişga, almaşlab ekiş imkoniyatlarini qisqartirişga majbur qilmoqda.
Yuritilayotgan siyosat salbiy ijtimoiy oqibatlarga ham ega. Yerni taqsimlaş va qayta taqsimlaş bozor tamoyillari asosida emas, balki mansabdor şaxslar iltimosiga binoan amalga oşiriladi. Yerni taqsimlaş va qayta taqsimlaş mexanizmlari noşaffof va korrupsiyalaşgan. Natijada qişloq aholisining katta qismi uçun yerdan foydalaniş imkoniyati çeklanib, bu ijtimoiy keskinlikka, iş bilan bandlik va daromadlar darajasi pasayişiga olib keladi.
Ipakçilikni, umuman, qişloq xöjaligini boşqariş usullari bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydi:
Yer kvotalari tamoyili qöllaniladi: yer qat’iy ravişda tut yetiştiriş şarti bilan beriladi.
Pilla hosilini davlatga yoki uning vakillariga (hozir – ipakçilik klasterlariga) topşiriş böyiça majburiy reja körsatkiçlari saqlanib qolmoqda.
Pilla hosilini majburiy tartibda topşirişni nazarda tutgan narxlar davlat tomonidan belgilanadi.
Bularning barçasi yer egalarining tadbirkorlik erkinligini çeklab, raqobat va narx belgilaşning bozor mexanizmlari işlaşiga imkon bermaydi. Bozor örnini mansabdor şaxslarning ixtiyoriy, tabiiyki, samarasiz bölgan qarorlari egallab, ustiga-ustak, korrupsiyani keltirib çiqaradi va norasmiy iqtisodiyot kölamini kengaytiradi. Xususan, fermerlar rejani qamaytiriş, bajarilmagan reja “muammosini yopiş” yoki oddiygina pilla yetiştiriş majburiyatidan xalos böliş uçun pora berişga majbur bölganida korrupsiya yuzaga keladi. Amaldagi tizim norasmiy pilla bozorini yaratib, bunda pilla yetkazib beruvçilar rejani bajariş uçun pilla sotib olişga majbur bölmoqda.
Sanoat boşqaruvi tuzilmasi samarasiz, noşaffof va manfaatlar töqnaşuviga asoslangan. Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantirişqömitasi hamda “Özipaksanoat” uyuşmasi funksiyalarining takrorlanişi kuzatilmoqda. Bundan taşqari, uyuşma bir-biriga mos kelmaydigan funksiyalarni bajaradi: xöjalik yurituvçi sub’yekt, öz a’zolarining manfaatlarini ifodalovçi tarmoq uyuşmasi va davlat tomonidan tartibga solinuvçi soha ekani aniq manfaatlar töqnaşuvi mavjudligini anglatadi.
Manfaatlar töqnaşuvining yana bir körinişi şuki, ipakni qayta işlaş korxonalari – nodavlat tijorat taşkilotlari fermerlarga pilla yetiştiriş böyiça majburiy topşiriq beriş bilan şuğullanişi xomaşyo narxini sun’iy ravişda pasaytiriş va majburiy mehnatdan foydalaniş orqali raqobatbardoş ustunliklarga ega böliş imkonini beradi. Bundan taşqari, xususiy korxonalar uçun raqobatbardoş ustunliklarga hukumatning barça darajadagi mansabdor şaxslari kömaklaşib, ular reja körsatkiçlarini belgilaş va bajarilişini nazorat qilişda keng qamrovli ma’muriy bosim vositalaridan foydalanadi. Uşbu faoliyatga köpinça kvazidavlat “jamoat taşkilotlari” va mahalliy özini özi boşqariş organlari jalb qilinadi.
Qolaversa, ipakni qayta işlaş korxonalari davlat qarori bilan taşkil etilgan ipakçilik klasterlari tarkibiga kiritilgan hamda ular, öz navbatida, “Özipaksanoat” kvazidavlat uyuşmasining majburiy a’zosi bölib, uyuşma a’zosi sifatida imtiyoz va preferensiyalar oladi.
Sohada yuritilayotgan siyosatning muhim elementi faoliyatga iqtisodiy bölmagan majburlaş amaliyoti saqlanib qolayotganidadir. Gap quyidagilar haqida bormoqda:
Bozordan taşqari narxlarning sun’iy ravişda pastligi kasanaçilarning maşaqqatli mehnati uçun yetarli maoş olişiga, fermerlarning esa taşkiliy işlar uçun haq olişiga tösqinlik qiladi. Bundan taşqari, fermerlar uçun pilla yetiştiriş majburiyati köp hollarda moddiy yöqotişlarga olib keladi.
Köpinça fermerlar heç qanday qonuniy asosga ega bölmagan holda pilla yetiştirişga majbur bölmoqda, çunki aksariyatining yer ijarasi şartnomalarida bunday faoliyat turi mavjud emas.
Daromad yöqligiga qaramay, rozi bölişga majbur fermerlarga bosim ötkaziş uçun ma’muriy ta’sirlardan foydalaniladi. Aks holda ularga yer maydonlarini olib qöyiş (qonun va tuzilgan ijara şartnomalarini buzgan holda, lekin fermerlar öz huquqlarini himoya qiliş uçun samarali huquqiy vositalarga ega emas), tekşirişlar va faoliyatiga boşqa şakllarda aralaşiş bilan boğliq boşqa jazo çoralari qöllanişi bilan tahdid qilinmoqda.
Sanksiyalarning rasmiy sabablari fermerlarni paxta va ğalla yetiştirişga majburlaş bilan boğliq “noqonuniy xatti-harakatlar” bölişi mumkin. Bu ekinlar ularning köpçiligiga daromad keltirmayapti hamda paxta va ğalla uçun möljallangan yerlarda boşqa turdagi daromadli ekinlarni yetiştirişga majbur qilmoqda.
Kasanaçilarga, jumladan, mahalliy hokimiyat organlarining iştiroki bilan, ayniqsa, fermerlardan buyurtma berilgan taqdirda, ma’muriy bosim ham ötkazilişi mumkin.
Reja körsatkiçlari köpinça özboşimçalik bilan belgilanib, pilla yetiştiriş imkoniyatlari (ozuqa bazasi, bino, işçi kuçi bilan ta’minlaş) hisobga olinmaydi, bu esa qöşimça xarajatlarga sabab böladi.
Kasanaçilar va fermerlar xarid qiluvçi taşkilotni tanlaş imkoniyatiga ega emasligi ularni xaridorga qaram qilib qöyib, öz faoliyati uçun eng yaxşi şaroitlarni (tölovlarni öz vaqtida tölaş, agronom maslahatlari, ipak qurti uruği sifati va hk.) tanlaş va, masalan, topşirilgan pilla uçun tölov öz vaqtida amalga oşirilmagan hollarda öz huquqlarini himoya qiliş imkoniyatlarini çeklaydi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib xulosa qilişimiz mumkinki, ipakçilik sohasini isloh qiliş quyidagi yönalişlarni qamrab olgan agrar islohotning bir qismiga aylanişi kerak:
1. Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga zid, korrupsiya va yerdan noratsional foydalaniş manbai bölgan “qişloq xöjaligi ekinlarini taqsimlaş”, hosildorlik körsatkiçlarini me’yorlaş va fermerlarni klasterlar bilan majburiy şartnoma tuziş amaliyotini öz içiga olgan majburiy davlat buyurtmasidan qat’iyan voz keçiş.
2. Hozirgi kunda davlat buyurtmasiga muvofiq yetiştirilayotgan va narxlari davlat tomonidan belgilanadigan qişloq xöjaligi ekinlarining erkin bozorlarini şakllantiriş.
3. Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari uçun resurslar va xizmatlarning erkin va raqobatbardoş bozorlarini şakllantiriş, şuningdek, qişloq xöjaligini moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş.
4. Qişloq xöjaligi yerlariga egalik huquqini mustahkamlaş va kengaytiriş, şu jumladan, yerni taqsimlaş va qayta taqsimlaşda mahalliy hokimiyat organlarining huquqlarini çeklaş.
ipak qurti pillasini yetiştirişga majburiy buyurtma berişdan voz keçiş;
pillaning erkin bozorini şakllantiriş va pillaga markazlaştirilgan narx belgilaşdan voz keçiş.
Ipakni qayta işlovçilar pillani erkin bozordan erkin narxlarda sotib olişi lozim. Şuningdek, ular pilla yetiştiruvçilar bilan özaro manfaatli şartlar asosida uzoq muddatli şartnomalar tuzişi mumkin. Nihoyat, ipakni qayta işlaş korxonalari tut plantatsiyalari uçun yerni ijaraga berişi va kasanaçilarga uşbu yerda yetiştiriladigan pillani uzoq muddatga yetkazib beriş şarti bilan subijaraga berişi mumkin.
Pillaçilik tarmoğida davlat siyosati, davlat tartibga soluvçi, tarmoq uyuşmasi va xöjalik faoliyati funksiyalarini ajratişga qaratilgan ma’muriy islohot ham zarur. Yuqoridagi barça funksiyalarni özida mujassam etgan “Özipaksanoat” uyuşmasi qayta taşkil etilişi kerak. Sohada siyosat yuritiş Qişloq xöjaligi vazirligining vazifalaridir. Regulyatorlik vazifasi Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasining vazifalariga kiradi. Uyuşma funksiyalarini kvazidavlat tuzilma emas, balki tarmoq işlab çiqaruvçilari tomonidan yaratilgan taşkilot bajarişi kerak. Albatta, uyuşmaga a’zolik ixtiyoriy bölişi va uning a’zolari davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yordamlardan foydalanmasligi kerak.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.