Toshkentda «O‘zbekistonliklar butunjahon forumi» o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz
Kuzda Toshkent shahrida xorijdagi faol vatandoshlar jamoat birlashmalari ishtirokida «O‘zbekistonliklar butunjahon forumi» o‘tkaziladi. Bu 2023 yilgi Taraqqiyot strategiyasida qayd etilgan, deb yozadi Gazeta.uz.
Davlat dasturining 269-bandi forumning tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan. Uning bosh ijrochisi sifatida «Vatandoshlar» jamoat fondi, nazoratchi sifatida esa prezident administratsiyasi ko‘rsatilgan.
Vazifalar qatorida forum ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish va xorijdagi o‘zbekistonliklarga taklifnoma yuborishdan tortib, uni o‘tkazish va eng faol vatandoshni taqdirlash ham ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, tadbir oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Xarajatlar esa «Vatandoshlar» jamoat fondi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Hozircha xarajatlar miqdori va qanday mukofotlar topshirilishi ma’lum emas.
268-bandda xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari ham belgilangan. Buning uchun o‘zbek tili bo‘yicha xorijdagi vatandoshlarga mo‘ljallangan onlayn mashg‘ulotlar tashkil etilishi kutilmoqda. Mazkur ishlar «Vatandoshlar» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
Jahon | 20:45
-
Hindistonda yuz bergan otishma oqibatida 25 nafar turist halok bo‘ldi
Jahon | 20:09
-
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 20:07
-
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?
O‘zbekiston | 19:56
Mavzuga oid

17:42
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025