O‘zbekiston | 12:22 / 11.04.2023
2805
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari YeXHT koordinatori idorasi rahbarini qabul qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kecha YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans-Ulrix Im bilan mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlagani munosabati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekiston bilan YeXHT va uning institutlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Qo‘shma yo‘l xaritasiga kiritilgan YeXHT loyihalarini 2023-2024 yillarda O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha yanada yaqin hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Vazir o‘rinbosari YeXHT loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchisiga O‘zbekiston bilan Tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan samarali faoliyati va salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Xans-Ulrix Im, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan har tomonlama yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid