Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu tasvirlar tanqid, satira va hajvlarga sabab böldi. Çunki köpçilikning esida hamon Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatlari saqlanib turibdi. Köpgina izohlarda ham uşbu yoriqning paydo bölişiga sifatsiz quriliş sabab qilib körsatildi.
Şaxsan özim uşbu xabar çiqişi hamono Twitter’da bu antiseysmik çok ekanini aytib, aslo qörqinçli narsa emasligini yozgan edim.
Yoriq universitetning yangi va eski binolarini tutaştirib turuvçi devor suvoğida paydo bölgan. ÖzJOKU bu borada rasmiy munosabat ham bildirdi.
«Uşbu 2 sm yoriq eski va yangi bino orasidagi çok bölib, universitetning yangi binosini quriş vaqtida yuzaga kelgan. Quruvçilar tilida bu issiq va sovuq ta’sirida doimiy harakatda böluvçi ikki bino orasidagi çokdir. Mutaxassislar tilida bu «Temperaturnyy şov» deyiladi. Bu holatning binoning çökişiga aloqasi yöq. Çunki eski va yangi binolarning poydevori ham bir-biridan alohida», — deyilgan rasmiy munosabatda.
ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja tahririyatimizga bu borada e’lon qilingan xabar yuzasidan e’tiroz bildirib, yoriq antiseysmik çokda emas, temperatura çokida paydo bölganini alohida ta’kidladi.
Quriliş sohasi mutaxassisi bölmagan rahbarni «seysmik» sözi çöçitib yuborgan bölişi tabiiy. Çunki öz-özidan bu söz zilzilaga işora beradi va yoriq göyoki binoning zilzilabardoşligiga raxna soladigandek. Aslida unday emas. Bu yoriqning vahima qiladigan joyi yöq edi aslida. Şunçaki, bunday çoklar heç qaçon suvoq qilinmasligi kerak. Xato şu yerda.
Xöş, ikki binoni ajratib turuvçi çok nima deb ataladi: antiseysmik çokmi yoki temperatura çoki?
Aslida, bu devordagi yoriq paydo bölgan joy temperatura çoki emas, antiseysmik çok deyiladi. Çunki binolar alohida ikkita poydevorda turibdi.
Antiseysmik çoklar zilzila böliş ehtimoli yuqori bölgan hududlarda qilinadi. Toşkent şahri esa 9 ballgaça zilzila röy berişi ehtimoli bölgan hudud sanaladi. Bino qurilişida ular yaxlit qilib emas, poydevoridan boşlab tomigaça bölmalarga bölib quriladi — mohiyatan ularning har biri mustaqil bino hisoblanadi, garçi taşqaridan qaraganda yaxlit binodek körinsa-da. Zilzila çoğida ham birgalikda emas, har bir bölma mustaqil tebranişi uçun.






















