Haşamatli “Renessans holl”da “Renessans avlodlari” deb nomlangan tantanali tadbirda sohaga oid yuzlab mehmonlar iştirok etdi. Tadbir davomida bitiruvçilar va ustozlarni taqdirlaş marosimlari ötkazildi, universitetning tarixi va kelajakdagi rejalari haqida söz bordi.

Bu ta’lim dargohi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 maydagi PQ-3737-son qaror bilan taşkil topgan hamda Markaziy Osiyoda jurnalistika va axborot sohasida professional mutaxassislarni tayyorlaydigan yagona universitet taşkil etilgan.

Universitet tizimida dastlab 2018 yilda 2 ta fakultet, 2 ta kafedra bölgan. 2019 yilda 5 ta kafedra, 2020 yilda 6 ta, 2021 yilda 9 ta va bugungi kunga kelib 10 ta kafedra faoliyatini olib bormoqda. 2020-2023 yillarda 4 ta fakultet 25 ta bölim faoliyat körsatib kelmoqda.

Universitet taşkil etilgan yilda 8 ta bakalavriat ta’lim yönalişi hamda 10 ta magistratura mutaxassisliklari faoliyati boşlangan, 2022-2023 öquv yilida 17 ta bakalavriat ta’lim yönalişi va 17 ta magistratura mutaxassisliklariga yetdi. Universitetda bugungi kunda 3355 nafar talaba tahsil oladi.

Bugungi media makon, tezkorlik bilan rivojlanayotgan davr har tomonlama professional jurnalist kadrlarni yetiştirib berişni taqozo qiladi. Bu borada qisqa muddatda bölsa-da, qator işlarni amalga oşirişga harakat qilinyapti.

2023 yil 1 aprel holatiga köra asosiy ştatda 111 nafar professor-öqituvçilar pedagogik faoliyat olib bormoqda. Şundan, 5 nafar fan doktori (DCc), 35 nafar fan nomzodlari (PhD), 2 nafar ilmiy darajaga ega bölmagan professorlar, hamda 69 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bölmagan 34 nafar katta öqituvçi va 35 nafar öqituvçi-stajyor pedagogik faoliyat olib borayotgani komissiya a’zolari tomonidan e’tirof etildi.

Tadbirda iştirok etgan va sözga çiqqan mehmonlar universitetni bu sana munosabati bilan tabriklab, bu ta’lim maskani bilan doimiy hamkorlikni rivojlantiriş niyatlarini bildirdilar.

Jumladan, Kun.uz sayti jamoasi ham ÖzJOKUni 5 yillik töyi bilan muborakbod etadi va bitiruvçilar hamda yuqori kurs talabalari orasidan tanlov asosida kamida 5 nafar yoşlarni doimiy işga jalb qiliş rejasini ma’lum qiladi.