Iqtisodçi Yuliy Yusupov Kun.uz uçun yozgan maqolasida Özbekiston paxta-töqimaçilik sohasini tahlil qiladi. Xulosa ravşan – tarmoq qat’iy isloh qilinişi, bozor iqtisodiyotiga ötişi lozim. Beöxşov, bozor va aksilbozor elementlar qorişmasidan iborat “tizim” erki yöq fermerni ham, klasterni ham, aniq egasi mavjud bölmagani bois şiddatli tezlikda işdan çiqayotgan yerni ham baxtiqaro qilmoqda. Aynan qişloq xöjaligi isloh qilinmayotgani sabab qişloqlarda işsizlik va mehnat migratsiyasi salmoği yuqori. Öz mehnat resurslarimizdan özimiz emas, boşqalar foydalanyapti. Qişloqlardagi çeksiz ijtimoiy muammolar zanjiriga ham şu omil bölyapti.

Özbekistonda töqimaçilik sanoati keyingi yillarda juda yaxşi rivojlandi. Ayniqsa, eksport böyiça soha muvaffaqiyatlari e’tiborga molik. 2022 yilda Özbekistondan barça töqimaçilik mahsulotlari eksporti 3,2 milliard AQŞ dollarini (umumiy eksport hajmining 16,5 foizi), şu jumladan, ip-kalava – 1,4 milliard AQŞ dollarini, tayyor trikotaj va tikuv-trikotaj mahsulotlari – 0,9 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi.

2016 yilda töqimaçilik eksporti 1,6 milliard dollardan kam bölganini va asosan paxta va ip-kalavadan iborat bölganini inobatga olsak, ösiş yaqqol közga taşlanadi.

Özbekiston töqimaçilik mahsulotlari eksporti, million AQŞ dollarida. Manba: https://stat.uz/images/uploads/docs/pressreliztashqisavdo202212ru.pdf.

Töqimaçilik tarmoğining asosiy xomaşyo manbai Özbekistonda yetiştiriladigan paxta bölib, uni yetiştiriş uçun mamlakat suğoriladigan ekin maydonlarining 1/3 qismi ajratilgan. Köp yillar davomida özimizning nisbatan arzon paxtamiz xorijiy işlab çiqaruvçilar bilan raqobatda mahalliy töqimaçilarga ma’lum afzalliklarni berdi. Ammo oxirgi paytlarda öz xomaşyo bazamiz mavjudligi ustunlikdan köra, köproq sanoatni öldiradigan omilga aylandi. Harholda buni töqimaçilik sohasi vakillarining özlari ta’kidlaşmoqda. Özbekistonda işlab çiqarilayotgan paxta narxi xalqaro bozorlardagi paxtadan qimmatroq bölib qolmoqda. Jahon töqimaçilik bozorida şiddatli raqobat hukm surayotgani va raqobatda ğalaba ba’zan mahsulot narxidagi juda kiçik farq tufayli qölga kiritilayotganini hisobga olsak, bu holat soha rivojiga çek qöyişi mumkin.