Ommaviy çiqişlar uçun davlatga xiyonat ayblovi

«Hali yurtimizni qoplagan zulmat çekinadi, oqni oq, qorani qora deydigan, uruşni uruş, zöravonni zöravon deydigan kun keladi. Ikki karra ikki tört ekani rasman tan olinadi. Hali uruşni boşlaganlar jinoyatçi deb ataladi, uni töxtatişga uringanlar emas», dedi Kara-Murza hukm oldidan berilgan sönggi sözida. Siyosatçi bu gaplarini omma oldida emas, sudya va prokuror oldida gapira oldi, xolos. Çunki sud majlisi kuzatuvçi va jurnalistlar uçun yopiq körinişda ötkazildi.

«Yopiqlik va diskriminatsiya borasida mening sudim 1960-70-yillardagi sovet dissidentlarining «sudi»ni ham doğda qoldirdi», dedi Kara-Murza sudda.

Sud jamoatçilikdan yopiq tarzda ötkazilganiga siyosatçi davlatga xiyonatda ayblanayotgani sabab qilib keltirildi. Ammo jarayonda yopiq ma’lumotlar körib çiqilmagan. Uni davlatga xiyonatda ayblaşning özi mantiqsizlik edi, çunki siyosatçi heç qanday maxfiy ma’lumotga ega bölmagan yoki oşkor qilmagan, şunçaki AQŞ va Yevropadagi çiqişlari uçun davlatga xiyonatda ayblangan.

Kara-Murza bu çiqişlarida siyosiy motivdagi «davlat terrori», saylovdagi soxtalaştiriş, Rossiyadagi inson huquqlari buzilişi haqida gapirgandi. Şuningdek, Rossiyani Ukrainaga qarşi uruş oçgan agressor-davlat deb atagan. Ayblov xulosasiga köra, Kara-Murza bu çiqişlari orqali Rossiya taşqi xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga xavf yuzaga keltirgan.

Tergovga köra, Kara-Murza siyosiy mahbus Yuriy Dmitriyevga Helsinki qömitasining mukofotini topşiriş marosimida sözga çiqiş orqali «xudbinlik qilib» Rossiyaga zarar yetkazgan. Jurnalistlar bu kimdir ommaviy marosimda sözga çiqqani uçun davlatga xiyonatda ayblangan ilk holat ekaniga e’tibor qaratdi.

Siyosatçining yaqinlarini unga qöyilgan ayblov ajablantirmagan. «Volodyaga ertami-keçmi davlatga xiyonat ayblovi qöyilardi, çunki hozirgi hukumat butun mamlakat faqat özidan iborat deb hisoblaydi. Ularning manfaatlari xavf ostida qolsa, demokratik davlatlarga borgani qöyişmasa, pullari muzlatilsa, ular bundan mamlakat zarar körmoqda deb hisoblaşadi», degan Kara-Murzaning rafiqasi Yevgeniya BBC bilan suhbatda.

Davlatga xiyonat Kara-Murzaga qarşi qöyilgan eng oğir, lekin yagona ayblov emas. Unga qarşi Rossiya armiyasiga qarşi «feyk» tarqatiş (bu ham ommaviy çiqişlari uçun) va Rossiyada «xuşlanmaydigan» deb topilgan Free Russia Foundation taşkiloti bilan hamkorlik ayblovi ham qöyilgan. Rossiyada bu taşkilot 2019 yilda «xuşlanmaydigan» deb topilgan. Ayblovga köra, Kara-Murza 2021 yilda bu taşkilot puliga Saxarov markazida siyosiy mahbuslar mavzusida an’anaviy anjuman ötkazgan.