11 sentabr kuni ozod etilgan Belarus siyosiy mahbuslari deportatsiyadan oldin Davlat xavfsizlik qömitasi (KGB) xodimlari ularning pasportlarini musodara qilganini aytdi. Xavfsizlik kuçlari anarxist Nikolay Dedkoning pasportini yirtib taşlagan. Ozod qilingan mahkumlarga pasport örniga A4 formatidagi vaqtinçalik qoğozlar berildi. Bu hujjatlar töliq şaxsni tasdiqlovçi hujjatning xususiyatlariga ega emas, deb xabar qildi Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskayaning idorasi.
«Odamlar milliy pasportlaridan mahrum etildi va majburan deportatsiya qilindi. Bu nafaqat inson qadr-qimmatini qöpol ravişda kamsitiş, balki asosiy inson huquqlari va xalqaro huquqning buzilişidir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktni imzolagan Belarus harakat erkinligini ta’minlaş va fuqarolik huquqini hurmat qilişga majburdir», dedi Tixanovskayaning huquqiy masalalar böyiça maslahatçisi Leonid Morozov.
Avvalroq, AQŞ prezidentining maxsus vakili Kit Kellogning örinbosari Jon Koul Minskka taşrif buyurib, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşganidan söng, hukumat 52 siyosiy mahbusni, jumladan, 14 nafar çet el fuqarosini Litvaga jönatib yubordi.

















