O‘zbekiston | 13:48 / 21.04.2023
6592
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya O‘zbekistondagi uzoq aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshiradi

Ispaniyaning AZUD kompaniyasi, Valensiyadagi Silkway Valensiya o‘zbek-ispan savdo-investitsiya uyi” va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirlik va idoralari o‘rtasida videoaloqa orqali muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat chog‘ida ispan kompaniyasining bosh texnologi Pablo Ruiz hamda mintaqaviy menejyeri Luis Alted Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Azamat Uteuliyev hamda qator vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlariga AZUD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan kompakt suv tozalash uskunalari, ichimlik va qishloq xo‘jaligi uchun sho‘r suvni tuzsizlantirish texnologiyalari hamda quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan muqim va mobil uskunalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. Ushbu texnologiyalar asosida ispan kompaniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amalga oshirgan loyihalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berishdi.

Qoraqalpog‘iston mutasaddi rahbarlari ispan kompaniyasining texnologiyalariga katta qiziqish bildirib, hududda suvsizlik va sho‘rlanish oqibatida vujudga kelgan og‘ir vaziyat tufayli bu kabi texnologiyalar yordamida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish taklifini berishdi.

Erishilgan dastlabki kelishuvlarga asosan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha pilot loyihalarni ishlab chiqish rejalashtirildi. Shu maqsadda Ispaniya kompaniyasi mutaxassislarini yaqin muddatlarda Qoraqalpog‘istonga tashrifini amalga oshirishi va keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyani Ispaniyaga tashrifini amalga oshirishga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid