Rossiyada 2023 yilda «Ölmas polk» aksiyasi ötkazilmaydiganga öxşayapti. Putin Rossiyasining boş ramzlaridan biri u eng kerakli vaqtda bekor qilinmoqda. Aftidan, Ukrainadagi uruş fonida u reallikka unçalik mos kelmayapti.

Hammasi allaqaçon an’anaviy va ommaviy körinişga ega bölgan yurişning taşkiliy qömitasi Moskvada u bekor qilinişini e’lon qilganidan boşlandi. Rossiya poytaxtida «Ölmas polk» yurişi bölmasligi e’lon qilingani zahoti namoyiş Kaluga, Voronej, Smolensk va Yaroslavlda ham bekor qilingani ma’lum böldi. Qrim va Sevastopolda yuriş bekor bölişi Moskvadan ham avvalroq e’lon qilingandi. Ikkinçi jahon uruşining qaqşatkiç janglari keçgan Oryol, Kursk va Belgorodda ham bekor qilinsa kerak, avvalroq bu şaharlarda 9 may paradi ham bekor qilingan edi.

Bu qaror mahalliy amaldorlarni gangitib qöydi. Masalan, Sankt-Peterburgda rayon ma’muriyatlari lokal aksiyalar ötkazilişini aytişmoqda, ammo Neva şohköçasida asosiy aksiya ötiş-ötmasligi hozirça tuşunarsiz. Krasnodarda «tadbirlarni ötkaziş formati muhokama qilinmoqda», garçi markazlaştirilgan yuriş baribir bölmaydi. Ölka gubernatori Veniamin Kondratyyev allaqaçon «Ölmas polk» maktab lineykalari şaklida ötkazilişini anons qilib bölgan.

«Rossiya ölmas polki» köngillilar jamoat taşkiloti hamraisi, Davlat dumasi deputati Yelena Tsunayevaga köra, yuriş Qrimda bekor qilingani uçun butun mamlakatda bekor qilinmoqda. Çunki «tarix yagona va qayerdadir odamlarning ötkazişga imkoni bölmasa, boşqa variantdan foydalanniş kerak». Ayrim hududlarda mahalliy hokimiyatlar uni ötkazişga tayyorgarlik körmoqda, bekor qiliş haqida xabarlar çiqmagan.

Nima bölganda ham mamlakat poytaxti Moskvada uyuştiriladigan (hattoki bir paytlar uruş faxriysining öğli Vladimir Putin qatnaşgan) eng yirik yurişsiz «Ölmas polk» umumiy xotirlaş hodisasi sifatida öz miqyosi, ahamiyatini yöqotadi va mahalliy darajadagi voqeaga aylanadi. Ha, evaziga joylarda qandaydir boşqa formatlar taklif qilinmoqda — portretlarni maşinalarga yopiştiriş, kiyimlarga tuşiriş kabi. Lekin bunday omixtalar maşhurlaşişi dargumon; yurişning bor ma’no-mantiği uning ommaviy va jamoaviy körişga ega ekanida, individual körinişda u juda kamtarona, töğriroği, bema’ni körinişga ega böladi, deb