Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Sirdaryoda genetik markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yadi
Sirdaryo viloyatida bolalarda uchraydigan genetik kasalliklarni aniqlash va tashxislashga ixtisoslashgan markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma loyihasi doirasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan genetika markazi yiliga 5 ming nafar chaqaloqda 48 turdagi skrining tekshiruvlarni o‘tkazish, chaqaloqlarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash imkonini beradi.
“Xitoyda, qolaversa dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bolalarda uchrayotgan genetik kasalliklarni aniqlash va tashxislashda o‘z nufuziga ega bo‘lgan BGl Genomies kompaniyasi bilan innovatsion loyihalar asosida hamkorlik aloqalarini o‘rnatganmiz”, — deydi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova.
Sirdaryoda taqdim etilayotgan yangi loyiha nogironlikka sabab bo‘luvchi genetik kasalliklarni aniqlashga va tashxislashga mo‘ljallangan bo‘lib, genetik kasalliklar sabab nogiron bo‘lib qoladigan bolalar sonini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.