O‘zbekiston | 11:17 / 02.05.2023
6956
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aprel oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi. 

2023 yil aprel oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 20 400 so‘m;    
  • Andijon viloyati – 22 400 so‘m;    
  • Buxoro viloyati – 23 000 so‘m;     
  • Jizzax viloyati –22 400 so‘m;    
  • Qashqadaryo viloyati – 23 800 so‘m;     
  • Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;     
  • Namangan viloyati – 19 800 so‘m;    
  • Samarqand viloyati – 24 000 so‘m;    
  • Surxondaryo viloyati – 23 400 so‘m;    
  • Sirdaryo viloyati – 22 800 so‘m;    
  • Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;  
  • Farg‘ona viloyati – 19 000 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 22 400 so‘m;
  • Toshkent shahri – 27 900 so‘m.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

Mavzuga oid