Urganç tumanida mijoz jalb qiliş uçun arzon narxda palov sotgan tadbirkor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud qaroriga köra, Şohruhxon Qodirov tuman hududida umumiy ovqatlaniş faoliyati bilan şuğullanib kelgan. U ijtimoiy tarmoqda 2026 yil 2 fevraldan 4 fevralga qadar Xorazm suzma palovini 7 ming sömdan sotişi haqida e’lon joylaştirgan.
Sud hujjatida tadbirkor “Xorazm suzma palovini haddan taşqari arzonlaştirilgan narxda 7 ming sömdan sotişi töğrisida tegişli tartibda ruxsat olmagan”i keltirilgan. Biroq buning uçun qanday huquqiy asosga köra qaysi taşkilotdan ruxsat olinişi kerakligi qayd etilmagan.
“Mijoz çaqiriş uçun 2 kun arzon sotdim. 7 ming söm içida non, çoy va salati ham bor edi. Biror janjal yoki boşqa holat bölmadi. Bunday tadbir qiliş uçun biror taşkilotdan ruxsat olinişi kerakligini bilmagandim”, deydi Kun.uz’ga Şohruhxon Qodirov.
JIB Urganç tuman sudining 17 martdagi qarori bilan Şohruhxon Qodirov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 200-1-moddasida nazarda tutilgan ommaviy tadbirlar ötkaziş qoidalarini buziş huquqbuzarligini sodir qilgan deb topildi. Unga BHMning 5 baravari, ya’ni 2 mln 60 ming söm jarima jazosi tayinlandi.
Avvalroq Xorazmda haykalni öpgan ayol jarimaga tortilgandi.








