Bloomberg: Rossiya zaxiralari uchun valuta sotib olishni tiklaydi
Neft eksporti hisobiga budjet barqarorlashishi munosabati bilan, may oyida Rossiya Federatsiyasi xorijiy valutani xarid qilishni tiklaydi, dastlab ularning hajmi yuanda 200 million dollar ekvivalentini tashkil qiladi, deb xabar beradi Bloomberg.
AQSh va Yevropaning Rossiya g‘aznasini to‘ldirishni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, Rossiya may oyidan o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun valuta xaridlarini qayta tiklaydi, chunki neft tushumlarining ortishi uning moliyasini barqarorlashtiradi. Bu haqda 2 may, seshanba kuni Bloomberg xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning energiya eksportidan tushgan daromadlari hozirda belgilangan darajadan oshib ketishga yaqin.
Bloomberg Economics ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy valutaning dastlabki xaridlari oyiga yuanda 200 million dollar ekvivalentini tashkil qilishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining bu boradagi bayonoti shu haftada kutilmoqda, deya ta’kidlanadi xabarda. “Xorijiy valutani xarid qilish hajmi dastlab kichik, ammo o‘ta ramziy bo‘ladi, chunki ular mamlakat o‘z zaxiralarini o‘zlashtirish o‘rniga ularni ko‘paytirayotganini ko‘rsatadi”, — deya rossiyalik iqtisodchi Aleksandr Isakov so‘zlarini keltirgan Bloomberg.
Chet el valutasini xarid qilishning qayta tiklanishi Rossiya Federatsiyasining sanksiyalar, G7 mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya nefti xaridorlari uchun o‘rnatgan “narxlar chegarasi” sharoitida neft dollarlari oqimini ushlab turish qobiliyatini ta’kidlaydi. Agentlik xabariga ko‘ra, Rossiyada harbiy xarajatlar tufayli davlat moliyasi bilan bog‘liq keskin vaziyat va hali ham o‘ta yuqori defitsitga qaramay, Rossiya budjeti barqarorlashmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024