Tahririyatimizga Marğilon şahar Yangi Marğilon şaharçasi “Navröz” MFYda yangi qurilgan köp qavatli uyda yaşovçi fuqarolar nomidan murojaat kelib tuşdi.

Ma’lum bölişiça, “Özsanoatqurilişbank”ATB Farğona mintaqaviy filiali hamda “Klyon Klipper Stroy” MÇJ bilan köp qavatli uy quriş böyiça şartnoma imzolangan. MÇJ bankka kredit tölovini öz vaqtida qaytarmagandan söng “Qöçqor ota oilasi” MÇJ tomonidan köp qavatli uy qurib bitkazilib foydalanişga topşirilgan. Sotilişidan avval yangi xonadonlar markaziy kanalizatsiya tarmoğiga ulangani, “dom” uçun alohida transformator tortilgani aytilgan. Köçib kelgan aholi birin-ketin muammolar girdobiga tuşişgan. Quruvçi taşkilot uyning şundoq yoniga çuqur qazib kanalizatsiya suvini “yama”ga töğrilab qöygan. 60 ta xonadonning yarmiga yoş oilalar köçib kelgan. Açinarlisi, kunlar isib, tölay deb qolgan çuqurdan badböy xid atrofga anqiyapti.

Hududdan markaziy kanalizatsiya tarmoği ötgan. Biroq köp qavatli uy mazkur tarmoqdan pastlikda joylaşib qolgani sabab unga ulanişning imkoni yöq.
Aholi mazkur masalada yordam sörab köplab mas’ullarga murojaat qilgan. Lekin natija bölmagan. Avvaliga muammoni hal qilib berişga va’da bergan quruvçi keyinçalik öz quriliş firmasini xitoylik tadbirkorga sotib yuborganini aytib, telefon göşagini kötarmay qöygan.
Köp qavatli uydan ikki xonadon sotib olgan Hotamjon Musinov badböy hidga çiday olmay, oilasi boşqa joyga köçib ketişga majbur bölganini aytadi.

“Ötgan yilning okyatbr oyida öğlimga şu “dom”dan uy olib berdim. Uyni sotib olişda muammo yöqdek körindi. Qiş faslida nevaralar bilan uyga köçib keldik. Keyin bilsak, ikki köp qavatli uyning kanalizatsiya tarmoği şaharning markaziy yönalişiga emas, balki uyimizning yaqiniga qazilgan “yama”ga töğrilangan ekan.

Hozirda çuqurlik tölay deb qolgan. Açinarlisi, uyimizgaça hidi çiqib turibdi. Badböy hidga çiday olmay 9 nevaram bilan köçib ketdik. Quruvçiga holat böyiça tuşuntiriş berişini talab qilsak, çuqur vaqtinça ekani, tarmoqni markaziy kanalizatsiya yöliga ulab berişini va’da qildi. Lekin özi qoçib yuribdi. Telefonini ham kötarmay qöygan. Masala yuzasidan viloyat hokimi, şahar prokuroriga murojaat qildik, afsuski, natija bölmadi.






























