SSSR davrida, keyinçalik Rossiyada hamda köplab possovet davlatlarida 7 may aloqa xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi. Özbekistonda esa bu bayram norasmiy nişonlanadi. Şu kuni aloqaçilarni tabriklaşadi, gullar, sovğalar, faxriy yorliqlar berişadi.
Özbekistonda Quriliş sohasi xodimlari kuni (avgust oyining ikkinçi yakşanbasi), Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi xodimlari kuni (18 aprel), Qişloq xöjaligi xodimlari kuni (dekabr oyining ikkinçi yakşanbasi), Tibbiyot xodimlari kuni (noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi) bayram sifatida nişonlaş töğrisida qonunlar qabul qilindi.
Ammo hanuzgaça aloqaçilar uçun davlat miqyosida belgilangan rasmiy bayram sanasi yöq.
Bizga ma’lum bölişiça, raqamli texnologiyalar vaziri Ş.Şermatov sohadagi aloqaçilarni çaqirib, faxriy yorliqlar bilan tabriklaydi. Lekin bu tadbir baribir keng doirada nişonlanmaydi.

Bu hol fonida kasaba uyuşmasi xodimlari kuniga umumxalq bayrami statusi berilayotgani yanada ğalati körinadi.
Aloqaçilar XXI asr – axborot asrida eng muhim kasblardan biri hisoblanadi. Telefon va internet aloqasini örnatişda ularning xizmatlari beqiyos. Kilometrlab kabellar tortiş, simsiz aloqalarni ta’minlaşda ham ular jonbozlik körsatişmoqda. Uyali aloqa kompaniyalarda ham minglab insonlar işlaşmoqda.
Hozir videokonferensaloqa, GPS aloqasi yoki harbiy sohalarda foydalanib kelinayotgan aloqalarsiz umuman hayotimizni tasavvur qilib bölmaydi. Yoki içki işlar va boşqa sohalarda ham aloqaçilar işlab yurişibdi: kameralardan kuzatuv markazlari, ratsiya aloqa markazi, situatsion markaz – bularning barçasida aloqaçilar işlaşmoqda.
E’tibor qiling, uşbu şu satrlarni öqib turişingiz ham aloqaçilarning xizmati tufayli röy bermoqda.












