Özbekistonda davlat taşkilotlari xodimlari uçun milliy messenjer işlab çiqildi.
«2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga binoan, milliy messenjerni işlab çiqiş böyiça buyurtma töğridan töğri «UNICON-SOFT» MÇJga berilgan.
Qiziq tarafi, «Humo Messenger» – milliy messenjerini işlab çiquvçilar uning dizayni va sozlamalarini dunyodagi maşhur messenjerlardan biri – Telegram'dan deyarli birga-bir köçirib qöyişgan.

«Ooo, zörku, va nihoyat milliy messenjer işlatar ekanmiz» deya xursand bölib, öşa dasturni işlatmoqçi böldim. Ammo dasturni oçişim bilan, bu Telegram'mi yoki Humömi, deb adaşib qoldim. Şovvozlarimiz birga-bir Telegram'dan köçirişibdi. Yana nomi Özbekistonning milliy messenjeri emiş... UNICON-SOFT’ga bittagina savolim bor: bu şarmandalikka qanday çidaysizlar?» – deya yangilikka munosabat bildirdi bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Boz ustiga davlat taşkilotlari xodimlari tekin va original analogi turganda, bu «ixtiro» uçun har oy 25 200 sömdan abonent tölovi tölaşi kerak.
Garçi 25 ming söm kiçik summa körinsa-da, yuz minglagan davlat xizmatçilari soniga köpaytirilsa, bir oyda 2 milliard, bir yilda 30 milliard söm yoki 2,6 million dollardan oşadi.
Agar 25,2 ming sömlik abonent tölovini xodimlar tölamaydi deyiladigan bölsa ham, öz-özidan davlat taşkiloti yoki uning qandaydir jamğarmalari hisobidan qoplanişi mumkin. Bu xarajatlari yil sayin oşib borayotgan hukumat uçun ortiqça yuk bölişi aniq.
Messenjer saytida keltirilgan ma’lumotlarga köra, bugungi kunda uning rasmiy foydalanuvçilari soni 22 ming kişidan ortadi.













