1910 yil 8 martda, bundan 113 yil oldin sobiq fransuz aktrisasi Raymonda de Larosh litsenziyaga ega bo‘lgan ilk uchuvchi ayolga aylanadi. U 9 yildan so‘ng sinovdagi samolyotni boshqarayotib halok bo‘ladi

- Raymonda de Larosh

Harriet Quimbi esa 1911 yilda litsenziyaga ega bo‘lgan ilk amerikalik ayol uchuvchi bo‘lgan. Biroq shundan bir yil o‘tib samolyotini Boston bandargohiga qo‘ndirayotib halok bo‘ladi. Harriyet Quimbi jurnalist ham edi, uning boshqa ayollar aviatsiya sohasiga qiziqishida hissasi katta bo‘lgan.

- Harriet Quimbi

Bessi Koulman 1921 yilda uchuvchilik nomiga erishgan birinchi qora tanli ayol. U aviatsiya maktabini izlab Amerikadan Fransiyaga boradi va o‘sha yerda ta’lim oladi. Biroq uchuvchilik litsenziyasini qo‘lga kiritgach 5 yildan so‘ng parvoz vaqtida halok bo‘ladi. 

- Bessi Koulman

Ameliya Erxart esa aviatsiya tarixidagi har qaysi davrning eng taniqli uchuvchi ayollardan biri hisoblanadi. U uchuvchilik litsenziyasini qo‘lga kiritgan o‘n oltinchi ayol edi. Ameliya – Shimoliy Amerika va Atlantika okeani ustidan uchib o‘tgan tarixdagi birinchi ayol uchuvchi.

- Ameliya Erxart

Aviatsiyaning dastlabki davrida parvoz qilish juda xavfli edi. Tarixchi Eylin Lebouning so‘zlariga ko‘ra, ilk samolyotlar yog‘och, sim yoki matodan yasalgan qurilmalar bo‘lgan. Ularda hatto halokat sodir bo‘lganda uchuvchini himoya qilish uchun xavfsizlik kamari yoki tom ham bo‘lmagan. Shunga qaramay Larosh, Quimbi, Koulman kabi ayollar samoga ko‘tarilishdan qo‘rqmagan.             

Garchi parvozga qiziqish tarixi ancha uzoqroq bo‘lsa ham, samolyotlar yigirmanchi asrdan ixtiro qilina boshlaganini hisobga olsak, uchuvchi ayollarning 1910 yillardan boshlab qo‘rqmasdan parvoz qilishi ularning qanchalik jasoratli bo‘lganini ko‘rsatadi.