Jahon | 20:40 / 27.06.2022
18490
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanlik dizayner uchar mehmonxona loyihasini ishlab chiqdi 

Mehmonlar unga oddiy samolyotlarda uchib borishadi, uchar mehmonxonaning o‘z aerodromi bo‘ladi.

Foto: Sky Cruise

Yamanlik biotexnolog va ilmiy kommunikator Hoshim al-G‘oliy Sky Cruise deb nomlangan samolyot-mehmonxona loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Daily Star xabar berdi.

Mehmonxona atom energiyasida ishlagani sababli muntazam ravishda havoda bo‘la oladi. Mehmonlar unga oddiy samolyotlarda uchib borishadi, uchar mehmonxonaning o‘z aerodromi bo‘ladi.

Al-G‘oliyning konsepsiyasiga ko‘ra, mehmonxonani sun’iy ong boshqaradi, uchuvchilar esa uning samarali ishlashini nazorat qilib turadi.

Bulutlar orasidagi mehmonxonaga bir vaqtning o‘zida 5 ming nafargacha mehmon joylashishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid