– Köpçilikni bir savol qiziqtiradi: qanday qilib Rajab Toyyib Erdöğan şunça yillar davomida legitimlikni saqlagan holda hokimiyat tepasida qolmoqda va yana saylovlarda öz nomzodini ilgari surmoqda?

— Turkiyadagi saylovlarda raqobat juda kuçli böladi. Byulletenlarni soxtalaştiriş kabi holatlar bölmaydi. Töğri, ba’zan şunday iddaolar bölib turadi, lekin muxolifat bunga yöl qöymaslik uçun qattiq turadi. Ya’ni kimningdir saylovda soxta ğalaba qilgani töğrisidagi gaplar asossiz. 2017 yildagi saylovda Erdöğan 52 foizdan köproq ovoz olib, ğolib bölgandi. Oldin Turkiyada prezidentlarni parlament saylar edi. 2017 yilda referendum bölib, parlamentar boşqaruvdan prezident boşqaruviga ötildi. Mana şu omil ham Erdöğanning köproq prezident bölib qolişiga sabab böldi. Agar Erdöğan bu yil ham prezidentlikka saylansa, uning uçun uçinçi emas, ikkinçi muddat – ya’ni oxirgisi böladi, çunki birinçi muddatida uni parlament saylagandi.

Erdöğan boşçilik qilayotgan «Adolat va taraqqiyot» partiyasining şunça vaqtdan beri hokimiyat tepasida qolayotganiga sabab, nazarimda, siyosiy muxolifatning muvaffaqiyatsizligi. Demak, muxolifat partiya xalqni işontira olmagan. Bu yerdagi eng yirik muxolifat partiya Respublika Xalq partiyasi, uning yetakçisi esa Kamol Qiliçdoröğli.

– Umuman, Turkiyadagi saylov jarayonlari, aholining ularga qiziqişi, davomat, saylovoldi va’dalar haqida ma’lumot bersangiz.

— Turkiyaliklar juda siyosiy faol xalq hisoblanadi va saylovlarda har bir ovoz uçun jiddiy kuraşiladi. Hamma joyda siyosat haqida gapirişadi. Va albatta, saylovlarga jiddiy qaraşadi. Turkiyada 6 ta muxolifat partiyadan iborat koalitsiya bor. Ular har xil va’dalar berişyapti. Masalan, Turkiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz borişini yölga qöyişmoqçi. Ikki yil içida qariyb 4 mln bölgan suriyalik qoçqinlarni uylariga qaytarişni va’da qilişyapti. Keyin, çet elliklarga uy sotişni 5 yilga töxtatiş va’dasi ham bor, çunki turar joy, ijara narxlari juda oşib ketgan hozir. Lekin baribir Kamol Qiliçdoröğlida siyosatdonlarga xos xarizma yetişmaydi, menimça. Yoşi ham ötib qolgan ança, 74 yoşda hozir.

Amaldagi hukumat ham turli loyihalar taqdim etyapti. Erişilgan yutuqlarni körsatyapti. Xususan, mudofaa tizimidagi yangiliklar, elektromobillar, Qora dengizdagi gaz aholiga yetkazilayotgani. Bundan taşqari, eng katta va’dalardan biri — iqtisodiy islohotlar. Ammo bu islohotlar qay darajada samara beradi, vaqt körsatadi.

– Turkiyada fuqarolik olgan özbeklar orasida saylovga qiziqiş qay darajada? Fikringizça, ular kimni köproq yoqlaşadi?