“Faqat hujjatlarda mavjud edik xolos”. 30 yillik sir ostida unutilganlar - birinçi “musulmon bataloni” haqida
|21:40 / 09.05.202352 99120 min
“Jang esa davom etayotgandi, har tomondan öq uzilar edi. Qurbonovni ham maşinaga yukladim. Uning tirik yo ölikligini bilmasdim. Tibbiyot punktiga kelganimizda bildimki, u ölgan ekan. Mana şu narsa qörqinçli edi. Bizni özimiznikilar öldirardi. Bizni butun tun davomida biz yordam kutgan özimiznikilar öldirar edi”.
Kun.uz muxbiri birinçi “musulmon bataloni” tarixiga nazar taşlab, maxfiy qöşin tarkibida xizmat qilgan harbiylar bilan suhbatlaşdi.
1979 yil 27 dekabr kuni SSSR maxsus qöşini Afğoniston rahbari Hafizulla Aminni yöq qiliş maqsadida Kobuldagi Tojbek saroyiga hujum qiladi. Bu topşiriqni bajarişda öta maxfiy tuzilgan otryad – birinçi “musulmon bataloni” qatnaşgan. Bu qonli ön yillik afğon uruşining boşlanişi edi.
“Musulmon bataloni”ning taşkil topişi
“Savr inqilobi”dan söng Afğonistonda hukumat tepasiga kelgan Nur Muhammad Taroqiy içki isyonlarni bostiriş uçun 1978 yilda sovet hukumatidan qöşin kiritişni söraydi.
Bu haqda birinçi “musulmon bataloni” komandiri Habibjon Xolboyev şunday deydi:
Habibjon Xolboyev
“1979 yilda Kubada yangi taşkil topgan neytral davlatlar yiğilişi bölgan. Nur Muhammad Taroqiy ham öşa yiğilişda qatnaşib, keyin töğri Moskvaga borgan. U yerda KGB boşliği Andropov bilan gaplaşgan. Leonid Brejnevning oldiga olib kirişganda undan yordam söragan. Brejnev tarkibi 500 kişilik bitta batalon berişini aytgan va SSSR mudofaa vaziri uni taşkil etiş böyiça Razvedka boşqarmasiga topşiriq bergan”.
Habibjon Xolboyev
Maxfiy otryadni tuziş uçun sobiq ittifoqning turli hududlaridan harbiy xizmatga çaqirilgan özbek, tojik va turkman millatiga mansub askarlarni Toşkent viloyatining Çirçiq şahridagi harbiy qismga yiğişgan.
Toşpölat Qodirov
“1978 yilda Toşkent Farmatsevtika institutini bitirganimdan keyin yöllanma bilan Namanganga işlaşga ketdim. Öşa yerdan harbiy xizmatga çaqirilib, Aşxobod şahridagi serjantlar tayyorlaş kursiga bordim. 6 oylik kursni bitirganimdan keyin Toşkentdagi qömondonlik bilim yurtiga yuborildim. Bir hafta ötgaç esa batalonga çaqirişdi. Aşxobodda paytimiz Toşkentdan desant ofitserlari borib özbek, tojik, turkmanlarning röyxatini yozib ketgan ekan, bundan xabarimiz ham bölmagan”,
Mavzuga oid
– deb eslaydi “musulmon bataloni” tarkibida ştab boşliği örinbosari sifatida xizmat qilgan
Toşpölat Qodirov
.
Birinçi musulmon bataloni mexanik haydovçisi Şavkat Azamatov esa bir guruh safdoşlari bilan Qirğizistondan çaqirib olinganini aytadi.
Şavkat Azamatov
“Qirğizistonga tuşganmiz xizmatga. Issiqköl yaqinida juda yaxşi joy edi. Xizmat şunaqa ötarkan-da, deb tursak, bir oydan keyin suhbatdan ötkazişdi. Toşkentlik ekanimni bilişgaç, Çirçiq uyimdan qança masofada ekanini söraşgan. Keyin Çirçiqqa olib ketişadi sizlarni deyişdi. Askar uçun bunday çaqiriqlar tabiiy hol, hayron bölmadik. Çirçiqqa borayotganimizni eşitib, bir tarafdan xursand ham bölganman. Çunki uyimga yaqin. Mexanik haydovçi sifatida olişgan bizni. Keyin bilsak maxsus batalon tuzilayotgan ekan. Tarkib faqat musulmonlar – özbek, tojik, turkmanlar edi. Boşida hayron qolganmiz”, – deydi u.
Şunday qilib 1979 yilning aprel oyida Turkiston harbiy okrugining Çirçiq şahridagi 15 harbiy brigadasi tarkibida yettinçi batalon nomi bilan aslida 154-maxsus topşiriqli maxfiy batalon tuzilgan. Batalon şaxsiy tarkibi 538 nafar jangçidan iborat bölgan.
Şavkat Azamatov
Toşpölat Qodirovga köra, batalonning 70 foizdan köproği özbeklar, 20 foizga yaqin askarlar tojik, 10 foizi turkmanlar bölgan. Eng yoş askarlar, endigina 19 ga kirgan, şu bilan birga kamida yarim yil xizmat qilgan tajribasi bor askarlar olingan. Leytenantlar 23 yoş atrofida bölsa, ofitserlar 30 yoş atrofida bölgan.
Jangovar tayyorgarlik
“May oyida şaxsiy tarkibga meni taniştirişgan. Öşa kundan boşlab batalonga kamandir bölib xizmat qilganman. 1979 yil 1 iyundan jangovar tayyorgarlikni boşlaganmiz.Öquv dasturi 3 oylik edi: birinçi bosqiç 1,5 oy va ikkinçi bosqiç yana 1,5 oy. Barça boşqa xizmatlardan ozod qilinib, faqat jangovar tayyorgarlik körilgan”, – deydi batalon komandiri Habibjon Xolboyev.
“Musulmon bataloni” rota komandiri örinbosari Raşid Abdullayevga köra, tarkibdagi barça mutaxassislar – mexanik-haydovçilar, operatorlar, komandirlar öşa paytda öz mutaxassisligi böyiça eng kamida 3-toifa bölişgan.
Raşid Abdullayev
“Aslini olganda köpçilik 2-toifaga ega edi, ularni qayta tayyorlaş ham kerak bölmagan, çunki ular şundoq ham öz sohasining mutaxassislari edi. Barça dala maşğulotlari – otiş, haydaş va boşqalarni a’lo baholarga topşirişar, qöyilgan me’yorlarni ortiği bilan bajarişardi. Ofitserlar ham öziga yaraşa tayyorgarlikka ega bölişgan. Bu barça şaxsiy tarkib jangovar harakatlarga şayligini bildirar edi. Asosiy vazifa – jamoada jangda birdamlik, özaro yordam va bir-birini tuşuniş sifatlarini şakllantiriş bölgan”, – deydi Raşid Abdullayev.
Raşid Abdullayev
Şunday bölsa-da, maşğulotlar oğir ötkazilgan. Hammasini Moskvadan tayinlangan rahbar polkovnik Vasiliy Kolesnik har hafta kelib nazorat qilib borgan. U «musulmon bataloni»ni taşkil etiş va vazifalarini bajarişiga mas’ul edi.
Batalon komandiri Habibjon Xolboyevga köra, ularga maxfiy harbiy qismning vazifasijanubiy çegaralarda köp buzib kiriş holatlari kuzatilayotgani uçun öşa bosqinçilarni tezkor yöq qiliş deb tuşuntirilgan. Lekin maşğulotlar davomida askarlarga afğon harbiy formasi tarqatilgan.
“Afğonistonga borişimiz haqida taxminlar qilganmiz, lekin heç kim aniğini bilmagan. 1979 yil 4 dekabrda birinçi guruh Afğonistonga yuborilgaç aniq bilganmiz u yerga borişimizni”, – deydi batalon komandiri.
Batalon ştab boşliği örinbosari Toşpölat Qodirovning aytişiça, Moskvada har bir zobit uçun maxsus yozgi va qişki Afğoniston harbiylari formasi tiktirilgan. Zobitlarga Afğoniston pasporti va harbiy guvohnomalari, oddiy askarlarga faqat harbiy guvohnoma berilgan.
“Formaning yangi ekani bilinmasligi uçun maşğulotlarda kiyib eskirtirganmiz. Menga Hirot şahridan çaqirilgan askar sifatida harbiy guvohnoma berilgan. Ism-familiyalarimiz ham afğonçaga moslab özgartirilgan. Masalan, mening hujjatimga Toşpölat Islomoviç emas, Toşpölat Islom öğli, deb yozilgan edi. Hammasi maxfiylikni saqlaş uçun qilingan”, – deydiToşpölat Qodirov.
“Keyinçalik bizga Afğoniston rahbari yordam söragani, biz uni qöriqlaş uçun tayyorlanayotganimiz sekin-sekin tuşuntirildi. Lekin hammasi aksinça bölişi özimiz qöriqlamoqçi bölgan saroyni qamal qilib olişimiz kerakligini kim öylabdi”, – deydi Şavkat Azamatov.
Maşğulotlar tugagaç batalon komandiri Habibjon Xolboyev hamda yana ikki kişi fuqaro kiyimida razvedka uçun Afğonistonga yuboriladi. Razvedkaçilar u yerda Taroqiyning saroyi, qöriqlaş tizimi, saroy atrofidagi çet davlatlarning elçixonalari va turli taşkilotlar haqidagi barça ma’lumotlarni töplab, Çirçiqqa qaytib keladi.
“Razvedkaçilar qaytib kelgaç har xil xabarlar köpaya boşladi. Taroqiy kasal bölib qolibdi, örniga Hafizulla Amin hukumatga kelibdi, degan gaplar tarqaldi. Bilişimizça Hafizulla Amin siyosatda Amerika tomon bölgan va u bizning borişimizni xohlamadi. Jangovar tayyorgarlik töxtadi. Kolxozlarga yordamga çiqa boşladik. Biz qişloq xöjaligi mahsulotlarini yiğiştiradigan işçi batalonga aylanib qoldik”, – deydi batalon ştab boşliği örinbosari Toşpölat Qodirov.
Biroq köp ötmay Hafizulla Amin ham xuddi Taroqiy singari duşmanlaridan himoyalaniş uçun SSSRdan harbiy kuç kiritişni söray boşlagaç, 1 noyabrda “musulmon bataloni” kuçaytirilgan kazarma holatiga tuşiriladi.
Rahimboy Ismoilov.
“U paytda 7 noyabrda parad bölardi unga tayyorgarlik kördik. Paradni ötkazganimizdan keyin birdan karantin qilişdi. Heç qayerga çiqmaydigan böldik. Kuçli tartibdagi kazarmaga aylantirişdi bazamizni. Keyin 4 dekabrda bir rota Afğonistonga ketdi”, – deya eslaydi batal’on mexanik haydovçisi Rahimboy Ismoilov.
Rahimboy Ismoilov.
Afğonistonda bir oy
Birinçi guruh beş nafar ofitser ön nafar oddiy askar bilan batal’onni kutib oliş uçun Kobuldan 60 km şimoli-ğarbdagi hudud Bagramga borib joylaşadi. Birinçi guruh joy tayyorlagaç 9 yanvarda qolgan tarkib yetib boradi.
“Bagramga borganimizdan söng bir neça kun ötib Babrak Karmal boşçiligida yangi Afğoniston hukumati keldi. Ularning rasmlarini körsatib ofitserlarga taniştirib çiqişdi. Men ham ularning içida bölganim uçun xabarim böldi. Şundan keyin maqsad Aminni ağdariş ekanini tuşunganmiz”, – deydiştab boşliği örinbosariToşpölat Qodirov.
Birinçi “musulmon bataloni” komandiri Habibjon Xolboyevning aytişiça, şaxsiy tarkib Afğoniston harbiy formasida yurgan. Aloqada asosan rus tilida gaplaşilgan bölsa-da, batalon haqida şubhali ma’lumotlar heç qayerga tarqamagan.
Hafizulla Amin baland tepalik ustidagi mustahkam qal’a – Tojbek qarorgohini öziga maskan qilgandi va hududni hamişa 1000-2000 nafar yaxşi qurollangan askar qöriqlagan. Ular 6ta batalondan iborat bölgan. “Musulmon bataloni” tarkibga yettinçi batalon bölib qöşilgan.
Habibjon Xolboyevga köra, Aminni yöq qilişdan avval Taroqiy uning buyruği bilan öldirilganligi haqidagi tahminlarga aniqlik kiritiş maqsad qilinadi va buning uçun afğon tomoni ziyofatga çaqiriladi.
“Ziyofatda harbiy brigadaning siyosiy işlar böyiça muovini içib olib, Taroqiyni biz öldirganmiz deb aytib qöydi. Taroqiy Moskvadan qaytgaç, uy qamoğida bölgan ekan. Amin buyruği bilan harbiy brigada boşliği va ikki yordamçisi iz qoldirmay böğib öldirgan. Bu gaplarni Kolesnikka aytdim, u esa Moskvaga xabar berdi. 25 dekabrda biz Aminni öldiriş böyiça buyruq oldik”, – deydi Xolboyev.
Avvaliga qarorgohga KGB agentlari bölgan ikki oşpaz kiritilib, afğon hukmdori zaharlanadi. Rejaga köra, zahar ta’sir qilib, töpolon kötarilganda saroy egallanişi lozim edi. Lekin zahar Aminga ular reja qilganidek ta’sir qilmaydi.
“Musulmon bataloni” 3-rota komandiri örinbosari Raşid Abdullayev hujumga yaqin jangovar tayyorgarlikni şunday eslaydi:
“Biz tayyorlanişni boşladik. Milliy xavfsizlik xizmatining “Zenit” guruhi biz bilan birga edi. Keyin “Grom” guruhi uçib keldi. Va 35-Farğona polkidan desant hujum rotasi Bagram orqali yetib keldi. Ularni ham otryad tarkibiga köşişdi. Biz askarlar bilan rejadagi maşğulotlarni bajarişni boşladik. Sekin-asta duşman taraf haqida ma’lumotlar yiğişni, ularni örganişni, har kim öz obektini közdan keçirişni boşlab yubordi. Qayerda, nimadan, qanday? Şu vaqtda topşiriq özgardi. Saroyni qölga kiritamiz, boşqa obektimiz yöq, milliy gvardiya brigadasini qamrab olamiz, deb aytişdi”.
“Böron-333”
Polkovnik Vasiliy Kolesnik bir keçada “Böron-333” hujum rejasini işlab çiqqaç 27 dekabrda operatsiyaga tayyorgarlik boşlanadi.
“26 dekabrda buyruqni tasdiqlatib, qarorgohimizga qaytdik. Ertasi kuni soat 21:00 da hujum boşlaşimiz kerak edi. Hamma şu vaqtga möljallab tayyorgarlik körayotgan edi, lekin hujum 20:00 da, keyin esa 19:30 da degan buyruq keldi. Ulgurişimiz qiyin bölgan. Keyin bilsak afğon taraf ham xavf bölayotganini, biz jangga tayyorlanayotganimizni sezib qolgan ekan”, – deya xotirlaydi Habibjon Xolboyev.
Hujum oldidan askarlarga bir-birini qoronğida tanib oliş uçun parollar berilgan va bilagiga oq boğiç boğlangan.
“Aynan bizning qismga şunday buyruq böldiki: biz saroyga kirmaymiz, u yerda faqat 30 kişidan 2 ta guruh – “Grom” va “Zenit” işlaydi. Biz esa faqat kiriş va çiqiş yöllarini qurşab olamiz. Jami u yerda 7 ta yölak bölib, ana şu yölaklarni 7 ta maxsus maşinalar bilan örab oldik. Oynalardan heç kim qoçmasligini nazorat qildik. Heç kim kirmaydi, çiqmaydi, asir olinadigan böldi”, – deydi batalon rota komandiri örinbosari Raşid Abdullayev.
Lekin “Grom” va “Zinet” bir hamlada saroyni egallay olmagaç batalon askarlarini hujumga jalb qilişadi.
“Snaryad tegib elektr ta’minoti uzilgan. Hamma joy qoronği, tuman, baqir-çaqir — juda qörqinçli holat. Saroyga kirgan paytimda yerda bir ayol ölib yotardi... Buni tasvirlaş qiyin, oğir vaziyat. Men birinçi qavatda postda turganman buyruq bilan. Aminning qizi va kuyovi qölida bola bilan çiqib, menga rusçalab gapirgan. Bizga döst edinglar, nega bunaqa qilyapsiz, deb söragan. Keyin bilişimça, Rossiyada tibbiyot akademiyasida öqigan ekan. Gaplaşmaslik buyurilgani uçun javob bermaganman. Öşa payt afğonlarning bir generalini öldirib qöyganman. Ofitserimizga aytsam, ”Bu — uruş” degan. Qörqqanman öşanda, 19 yoş edim. Oldimizda ikki yöl bölgan: sen otişing kerak yoki seni otişadi. Xuddi maşq jarayonidek, lekin boşqa narsa. Birinçi marta bu holatga tuşiş qiyin juda”, – deya xotirlaydi Şavkat Azamatov.
Batalon komandiri Habibjon Xolboyevga köra hujum vaqti taxminan 40 daqiqalar içida Hafizulla Amin öldiriladi. Uning şaxsi tasdiqlangaç saroydan 1-1,5 km uzoqqa olib borib kömişgan.
Yöqotişlar
“Mening batalonimdan 8 kişi ölgan. 36 kişi esa yarador bölib harbiy hospitalga tuşgan, ulardan taşqari ham yengil yarador bölganlar bor edi. Davlat xavfsizlik xizmatidan 3 kişi ölgan. Içkarida Amin jangçilarining 200 dan ortiği ölgan”, – deydi yöqotişlar haqida gapirarkan Habibjon Xolboyev.
Şavkat Azamatov esa köz oldida jon bergan safdoşlarining sönggi lahzalarini şunday xotirladi:
“Sobir ismli oğaynimiz bor edi. Içkarida yonimda edi. Nima böldi-yu, taşqariga çiqdi. Öşa paytda pulemyotdan otişgan ekan. Birinçi yöqotişimiz şu bölgan edi. Özim bilan xizmat qilgan, yaqin edik.
Keyin Mirqosim degan yigit ham. Qöltiqlab olganimda issiq qon tegdi qölimga, böyin-yelka qismidan jarohatlangan ekan. Olib çiqayotganimizda “Uydagilar bilmasin” deb aytgan gapi heç esimdan çiqmaydi. 20 yoşda edi... Soğayib ketadi deb öylagandik, lekin unday bölmadi”.
Hujumda qatnaşganlarning aytişiça, jang tugab, tongga yaqin Vitebsk desant diviziyasi yetib borgan. Hamma askarlar afğon harbiy formasida bölişganini hisobga olmasdan öt oçişni boşlaşgan. Batalon tarkibidan jangda ikki kişi halok bölgan bölsa, qolganlar Vitebsk desant diviziyasi öqidan halok bölgan.
“Men özimiznikilarga qarata öt oçişga komanda bera olmaganman. Qöl ostimdagi odamlarim esa köz öngimda halok bölişar, yaralanişar edi. Tansoqçim Qurbonov bilan yaralangan pulemyotçi Tursunovni maşinaga olib bormoqçi böldik, u qonga belangan holda edi. Şu vaqtda Qurbonov ham yaralandi. Tursunovni özim maşinaga yetkazib olib bordim. Keyin Qurbonovning oldiga qaytdim. Jang esa davom etayotgandi, har tomondan öq uzilar edi. Qurbonovni ham maşinaga yukladim. Uning tirik yo ölikligini bilmasdim. Tibbiyot punktiga kelganimizda bildimki, u ölgan ekan. Mana şu narsa qörqinçli edi. Bizni özimiznikilar öldirar edi. Bizni butun tun davomida biz yordam kutgan özimiznikilar öldirar edi. Özimiznikilar”, – deya öşa maş’um voqeani eslaydi Raşid Abdullayev.
Öttiz yillik sir – unutilganlar
Avvaliga “musulmon bataloni”ga Afğonistonning yangi hukmdori Babrak Karmalni himoya qiliş topşiriladi. 8 yanvarda buyruq özgaradi. 10 yanvargaça batalon tarkibi Çirçiqqa qaytariladi.
Toşpölat Qodirovga köra, vatanga qaytiş ham oson bölmagan. Uning aytişiça, sirlar oçilmasligi uçun batal’on uçgan ikkita samolyot urib tuşirilişiga buyruq berilgan.
“KGBning qançalik jirkanç taşkilot bölganini biliş mumkin şundan. Qobuldan uçib çiqayotgan paytda urib tuşirilişi kerak ekan samolyot. Bir payt Xolboyev, ştab boşliği Aşurov va maxsus bölim kamandirini samolyotdan çaqirib olişdi taşqariga. Ularga samolyotga qaytib çiqmaslik aytilgan, ular bilan keldik, nima bölsa ham ular bilan oxirigaça birgamiz, deyişgan. Öşa yerda köp tortişuvlar bölgan. Komandirlarimiz biz bilan birga ketişga qaror qilişgan”, – deydi u.
Bu orada batalonga berilgan yangi maxfiy qurolning Afğonistonda qoldirilayotganini eşitib, uniyam samolyotga ortiş buyuriladi. Bu uçun 2 soat sarflanadi va uçiş vaqti özgaradi. Şu vaqt içida samolyotni urib tuşirişi kerak bölgan artilleriya boşqa topşiriqlarini bajariş uçun çalğib tarkib eson-omon uçib ketgan degan taxminlar bor.
“Alam qiladigani şuki, qayerdadir şu uruş haqida gap ketib qolsa, nima böpti, biz yubormaganmiz-ku sizlarni, degan gaplarni eşitdik. Xuddi biz özimiz borgandek... Qasamyodimizga sodiq bölib, öşa yerga borganmiz buyruq bilan. Yuqoridagi siyosatçilar xatosi bilan biz şunga mahkum bölganmiz. Butun dunyo agressiya deb qabul qildi buni, biz esa aybdor bölib qoldik. Har doimgidek ijroçi aybdor böldi”, – deydi alam bilan Toşpölat Qodirov.
Musulmon batalonida xizmat qilganlarga “Afğon uruşi qatnaşçisi” maqomi berilmagan. Vazifa bajarilgaç tirik qolganlardan sirni oşkor qilmaslik haqida tilxat olingan va 1980 yilning may oyida batalon tarkibi tarqatib yuborilgan.
“Askarlardan 30 yil davomida heç kimga heç narsa, qayerda bölişgan, kimlar bilan nima qilişgani töğrisida aytiş mumkin emasdi. Ular faqat 1979 yil 26 aprelgaça bölgan davr töğrisida gapira olişlari mumkin edi xolos. Hatto Çirçiqda maşğulotlar davrida ham askarlarga öz uylariga xat yoziş ham taqiqlangandi. Tarkib tarqatildi. Faqat ofitserlar qoldi. 1980 yilning oktyabrida bizning harbiy qismga 154-maxsus topşiriqli alohida otryad nomi berilib, jangovar bayroq va muhr topşirildi. Ungaça bizning harbiy qism na Qurolli kuçlar, na 40-armiya tarkibida bor edi, biz xuddi yöq edik. Faqatgina qoğozlarda, ştat-lavozim kitoblarida bor edik, Mabodo bizni jangovar harakatlar vaqtida yöq qilib taşlaşsa, bizni heç kim esga ham olmasdi, uyiga “xizmat faoliyati davrida halok bölgan” deyilgan bölar edi, xolos”, – deydi Raşid Abdullayev.
“Böron-333”operatsiyasida birinçi “musulmon bataloni”ning iştiroki yaqin-yaqingaça umuman tilga olinmagan. Hujum payti halok bölgan serjant va askarlarning jasadlari uylariga jönatilganda ham yaqinlariga ular qayerda va qanday halok bölgani haqida aytilmagan. Faqat sovet ittifoqi hududida xizmat vazifasini ötaş çoğida halok bölgan, deb aytilgan, xolos.
Maqsuda Abduqayumova, jurnalist
Tasvirçi: Mirvohid Mirrahimov
Montaj ustasi: Muhiddin Qurbonov