Musobaqada dastlab har bir jamoa operativ rejani işlab çiqiş va milliy kelişuv böyiça majburiyatlarni bajariş hamda bölinmalarning qöşma operatsiyalari uçun zarur böladigan könikma va tajriba oşirişga muvaffaq böldi.
Şundan söng har bir jamoa qur’a taşlaş orqali bellaşuvga kirişdi. Musobaqa şartlariga köra, jamoalar turli jangovar simulyatsiyalar hamda ilmiylaştirilgan maşğulot dasturlaridan foydalangan holda toğoldi, örmon va şahar şaroitida 12 bosqiçdagi şartli janglarni olib bordi.

Baholaş jarayonida iştirokçi guruhlarning şartlarni töliq bajarişi, jangovar harakatlar qoidalariga rioya qilingani, hujum va mudofaada şartli duşmanni yakson etiş va omon qoliş darajasi, şuningdek, jangovar harakatlar taktik vaziyatga mos kelişini har tomonlama tahlil qiliş va xabardor qiliş natijalari inobatga olindi.

Mazkur musobaqada özbekistonlik harbiylar şartli duşmanning zaxira va asosiy qömondonlik punktini qölga olişga 21 daqiqa (şu vaqtgaça eng yaxşi natija 33 daqiqa), mudofaada turib şartli duşmanni yakson etişga 25 daqiqa (şu vaqtgaça eng yaxşi natija 29 daqiqa) sarflab, musobaqa rekordlarini yangiladi.
Şuningdek, şartli duşmanni yakson etiş şartida III darajali serjant Bekzod Nodirov eng yuqori natijani qayd etib, musobaqaning «Eng yaxşi öqçi» nominatsiyasi ğolibi böldi.

Şu tariqa Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi joriy yilda ham mazkur xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida eng yuqori natijani qayd etib, birinçi öringa sazovor böldi.
Ötgan ikki yil davomida ötkazilgan mazkur musobaqada ham özbekistonlik harbiylardan iborat jamoa peşqadamlikni qöldan boy bermagan edi.








