09:02 / 10.05.2023
2146

Pentagon Kiyev uchun 1,2 mlrd dollarlik yordam paketini e’lon qildi

Vashington Ukrainaga 1,2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. 

Foto: US Army

U, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar va artilleriya snaryadlarini o‘z ichiga oladi, deyiladi AQSh Mudofaa vazirligi bayonotida

G‘arb havo mudofaa tizimlarini Ukrainaning mavjud havo mudofaa tizimlariga integratsiya qilish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va jihozlari ham taqdim etiladi.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainani nafaqat qurol va o‘q-dorilarga bo‘lgan "eng favqulodda" ehtiyojlarida qo‘llab-quvvatlaydi, balki uzoq muddatli yordam ham beradi, deya ta’kidladi Pentagon. 

"Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari va hamkorlari bilan Ukrainaning jang maydonidagi bevosita ehtiyojlarini, shuningdek, uzoq muddatli xavfsizlik ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lishini ta’minlash uchun ishlashda davom etadi", deyiladi bayonotda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top