Kiyevdagi ikkita şifoxona Belarus «KGB» rahbari ularda «terrorçilar uyasi» borligini aytganidan keyin evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda 26 aprel, juma kuni Kiyev şahar davlat ma’muriyatining Telegram-kanali xabar berdi. Xabarda aytilişiça, Ivan Tertel öz sözlari bilan tibbiyot muassasalariga zarba berilişini «e’lon qilgan».
Belarus «KGB» rahbari: Ukraina tomonida jang qilayotgan belaruslar çegaradagi aholi punktini egallab olmoqçi
Bir kun oldin «Belorusskoye telegrafnoye agenstvo» (BELTA) Belarus KGB raisi Ivan Tertelning VII Umumbelarus xalqi assambleyasidagi nutqi videosini tarqatdi. Unda u Ukraina Qurolli kuçlari tomonida jang qilayotgan belaruslik köngillilar göyoki respublikaning Ukraina bilan çegaradoş aholi punktlaridan birini egallaşni rejalaştirayotganini da’vo qiladi.
«Terrorizmga qarşi kuraşda biz uruş qonunlariga muvofiq, qat’iy va ikkilanmasdan harakat qilamiz», dedi Tertel. Uning sözlariga köra, «terrorçilar» Bogatirskaya köçasidagi Kiyev kasalxonalarini öz uylari sifatida tanlagan, «ular kasal bolalarning ortiga yaşiringan».
Kiyev rasmiylari Belarus «KGB» rahbarining bayonotlarini «mutlaqo yolğon va provokatsiya» deb atab, «duşman bundan poytaxtning ijtimoiy infratuzilmasiga hujum qiliş uçun foydalanmoqçi» deya tuşuntirdi. «Kasal bolalar, ularning ota-onalari va tibbiyot xodimlarini himoya qiliş maqsadida poytaxt rasmiylari hozirda bemorlar va şifokorlarni poytaxtdagi boşqa tibbiyot muassasalariga olib boriş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda», — deyiladi Kiyev şahar ma’muriyati bayonotida.












