Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorilarning uchinchi partiyasi olib kelindi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakat shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – S gepatitiga qarshi dori vositasi uchinchi partiyasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Mazkur aksiyani O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tashkil etgan bo‘lib, ushbu yukning olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.
Umumiy qiymati 34 930 AQSh dollarini tashkil etgan 17 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini respublikaga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
08:31 / 15.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga oid holatlar aniqlandi
12:22 / 08.01.2026
Dori sotib olish uchun retseptni qanday olish mumkin?
09:05 / 07.01.2026