Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekistonga quyosh panellari ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalar taqdim etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida Dubay savdo-sanoat palatasi (Dubay palatalari) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uning doirasida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakillari, O‘zbekistonning Solar Nature va Amirlikning Imperial Energizing communities kompaniyalari rahbariyati ishtirokida mazkur ikki kompaniya o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imzolangan hujjatga muvofiq, Imperial Energizing communities kompaniyasi O‘zbekistonning Solar Nature kompaniyasiga mamlakatimizda quyosh panellari ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun ilg‘or texnologiyalar va “nou-xau”ni taqdim etadi.
Dubay savdo-sanoat palatasi rahbari Muhammad Ali Rashid Birlashgan Arab Amirliklarining strategik sherigi bo‘lgan O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim
20:00 / 17.05.2026