12:10 / 17.05.2023
7748

Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Foto: eduuz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shundan:

kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kvotalar va dual ta’lim shakli bo‘yicha kvotalar bilan tegishli havolalar orqali tanishish mumkin.

Hujjatlar 1 iyuldan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Top