Global muammo: 25 may – Xalqaro yo‘qolgan bolalar kuni
Har yili 25 may – butun dunyoda bedarak yo‘qolgan bolalarni himoya qilish kuni xalqaro miqyosda nishonlanadi.
Yo‘qolgan bolalar muammosiga alohida kun bag‘ishlash g‘oyasi birinchi marta Qo‘shma Shtatlarda paydo bo‘lgan. 1979 yil 25 may kuni 6 yoshli amerikalik bolakay Itan Pats maktabdan uyiga qaytayotganda g‘oyib bo‘ldi va topilmadi. 1983 yilda, bola yo‘qolganidan 4 yil o‘tgach, AQSh prezidenti Ronald Reygan 25 mayni Milliy bedarak yo‘qolgan bolalar kuni deb e’lon qildi.
1984 yilda Qo‘shma Shtatlarda bedarak yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markazi (National Center for Missing and Exploited Children, NCMEC) tashkil etildi.
Amerika tashabbusi Yevropada qo‘llab-quvvatlandi. 1998 yilda Xalqaro bedarak yo‘qolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar markazi (ICMEC) tashkil etilgan va 1999 yil aprel oyida rasman ochilgan.
1998 yilda ICMEC butun dunyo bo‘ylab bedarak yo‘qolgan bolalar haqidagi fotosuratlar va ma’lumotlarning ko‘p tilli ma’lumotlar bazasini (GMCN) tashkil etdi. Hozirda GMCN a’zolari 34 ta mamlakatdan iborat.
2001 yilda ICMEC sa’y-harakatlari bilan 25 may birinchi marta Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlandi.
Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni tadbirlarining maqsadi jamoatchilik e’tiborini bolalarni o‘g‘irlash, og‘ir hayotiy vaziyatlar va noqonuniy ekspluatatsiyadan himoya qilish muammosiga qaratishdan iborat.
Yo‘qolgan bolalar kunining ramzi - ko‘k rangli zag‘chako‘z guli hisoblanadi.
«Yo‘qolgan bola» tushunchasining umumiy ta’rifi yo‘qligi dunyodagi muammoning ko‘lamini baholashni imkonsiz qiladi. ICMEC ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Kanadada 30 840 nafar bola bedarak yo‘qolgani qayd etilgan. Shuningdek, Janubiy Koreyada 26 416 nafar bola, AQShda 2021 yilda 359 094 nafar bola, Italiyada 2021 yilda 12 117 nafar bola, Germaniyada 83,9 ming bola, Avstraliyada 34 ming nafar bola, Fransiyada 43 870 bola yo‘qolgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bolalar yo‘qolishi holatlarining atigi 10 foizi jinoyatlar yoki baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq, ko‘pincha ular uydan yoki bolalar bog‘chasidan qochib ketishadi. Buning sabablari uyda, maktabda, do‘stlar bilan nizolar bo‘lishi mumkin. Yosh bolalarga kelsak, ular ko‘pincha parkda, velosipedda sayr qilishda adashib qoladi - ota-onalari ularni qarovsiz qoldiradi. Eng ko‘p yo‘qolish holatlari yoz faslida, tabiiy muhitda, suv bo‘yida dam olish paytida va yilning boshqa vaqtlarida - shaharlarda sodir bo‘ladi.
Mutaxassislar, agar bola aloqaga chiqmasa, belgilangan vaqtda uyga qaytmasa, darhol, yarim soat ichida qidirishni boshlashni tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024