Britaniya Mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) ekspertlari Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan bir yil ötib, Rossiya armiyasining ahvoli haqida batafsil hisobot taqdim etdi.
Hisobot mualliflari boşqa narsalar qatorida, Rossiya armiyasining zaifligi va qobiliyatsizligi haqidagi keng tarqalgan fikr haqiqatga töliq mos kelmaydi degan xulosaga keldi. Xususan, ekspertlarning ta’kidlaşiça, Rossiya qurolli kuçlari öz taktikasini joriy vazifalarga moslaştirib olgan, şuningdek, keng kölamli bosqinning dastlabki oylarida yaqqol namoyon bölgan köplab kamçiliklarni tuzatişga muvaffaq bölgan.
Piyodalar
Bosqinning boşida rus harbiylari Batalon taktik guruhlari (BTG) tarkibida, ming kişidan kam bölgan mustaqil qöşma qurolli qismlar, şu jumladan motopiyodalar, tanklar, artilleriya va havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi sifatida harakat qilgan. Ammo şaxsiy tarkib yetişmasligi va harakatlardagi muvofiqlik yöqligi tufayli Rossiya qömondonligi BTG guruhlarini joylaştirişdan voz keçişga majbur böldi. Buning örniga, harbiy rahbariyat piyoda askarlardan foydalanişni boşladi, ulardan 4 turdagi: çiziqli, hujumkor, «bir martalik» va ixtisoslaştirilgan guruhlar tuzildi.
Çiziqli piyodalar köpinça qöllab-quvvatlaş va mudofaa uçun, hujumkor qismlar hujum operatsiyalari uçun işlatiladi. Ixtisoslaştirilgan qismlar piyodalar, havo-desant qöşinlari, «Vagner»ning professional yollanma askarlari va maxsus kuçlardan taşkil topgan. Ular, jumladan, Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalari yaqinida kuzatuv va snayper postlarini yaratiş uçun işlatilgan.
Asosan rossiyalik mahbuslar va safarbar qilinganlar, şuningdek, «DXR» va «LXR»dan çaqirilganlardan iborat «bir martalik» piyoda askarlar Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalarini tekşiriş, şuningdek, Ukraina harbiylariga qarşi doimiy janglarda işlatilgan. «Bir martalik» piyodalar köpinça beş kişigaça bölgan kiçik guruhlarda harakat qilib, «inson tölqini» taktikasini işlatgan – yakson qilingan guruh örnini tezda boşqasi töldirgan.
Muhandislik qöşinlari
Muhandislik qismlari Rossiya armiyasidagi eng samarali harbiy qismlardan biri bölib çiqdi. Xususan, ular mudofaa inşootlarini tezkor barpo qilgan, şuningdek, aralaş (piyodalarga qarşi va tankka qarşi) minalar maydonini kompleks taşkil etgan.
Artilleriya
Artilleriya Rossiya armiyasining tayançi bölgan va şunday bölib qolmoqda. Biroq, keng kölamli uruşning dastlabki yilida uni qöllaş usullari sezilarli darajada özgardi. Xususan, agar bosqinning boşida artilleriya batareyalari BTG bilan ulangan bölsa, 2022 yil yoziga kelib, ular bitta qömondonlikka böysunadigan artilleriya-taktik guruhlarga birlaştirildi.
Bundan taşqari, Rossiya artilleriyasi razvedka uçun dronlardan faolroq foydalanişni boşladi, bu esa öq-dorilardan samaraliroq foydalaniş imkonini berdi, şuningdek, artilleriyaning keng joylaştirilgan pozitsiyalardan öq otiş qobiliyatini oşirdi (jangçilar bir joyda töplanib qolişi, oqibatda duşmanning oson öljasiga aylanmasligi uçun). Bundan taşqari, Rossiya artilleriyasi bir joyda muqim qolmasdan, yanada harakatçan böldi.
Zirhli transport vositalari
Bosqin boşlanganidan beri rus armiyasi zirhli texnikadan foydalaniş taktikasini ham özgartirdi. Misol uçun, agar ilgari tanklar frontning ma’lum bir qismini yorib ötiş uçun işlatilgan bölsa, endi ular, qoida tariqasida, piyodalarni qöllab-quvvatlaş funksiyalarini bajarmoqda.
Xususan, rus harbiylari yopiq pozitsiyalardan öq otiş uçun tanklardan foydalanmoqda. Masalan, tanklar logistik yöllarni himoya qiliş uçun havo mudofaasi yetarli bölmagan joylarda işlatilmoqda.
Rossiya harbiylari piyoda qöşinlarni qöllab-quvvatlaş vositasi sifatida ham tanklardan foydalanmoqda. Çunki ular front çiziğiga yaqin masofada harakat qila oladi va duşmanning öq otiş nuqtalarini aniqlaş va yöq qiliş imkonini beradi.
Bundan taşqari, Rossiya reydlar amalga oşiriş uçun tanklardan foydalanmoqda. Rus piyoda askarlari Ukraina pozitsiyalariga doimiy bosim ötkazayotgani sababli, Ukraina qurolli kuçlari qöşinlarning muntazam rotatsiyasini amalga oşirişi kerak. Öz navbatida, Rossiya harbiylari rotatsiya töğrisida ma’lumot olib, tanklarni belgilangan sektorga yubormoqda, u yerda pozitsiya özgarişi sababli eng zaif bölgan paytda duşman qöşinlariga tezkor zarba bermoqda.
Rossiya tomonidan eskirgan T-62 va T-55 tanklaridan foydalaniş ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilingan bölsa-da, ular piyoda jangovar maşinalariga yuklangan vazifalarni bajarişi, bu jihatdan eskirgan tanklar samaraliroq bölişi mumkin. Baxmutda rus qöşinlari tanklardan şahar içida foydalandi, bu holda eski tanklardan foydalaniş afzalroq edi. Çunki şahar muhiti zamonaviyroq transport vositalariga ularning yöqotilişini oqlaş uçun yetarli texnik ustunlik bermaydi.
Rossiya harbiylari tanklarga bir qator özgartirişlar kiritdi, bu esa ularning çidamliligini oşirdi va ba’zi tankka qarşi tizimlarga nisbatan kuçliroq qildi.
Elektron uruş uskunalari
Rossiya radioelektron kuraş vositalari (RKV) imkoniyatlarini yaxşilaşga muvaffaq böldi. Ayni paytda Rossiya armiyasi frontning har 10 kilometri uçun taxminan bitta yirik RKV tizimidan foydalanadi. Bu tizimlar, asosan, dronlarni urib tuşirişga qaratilgan bölib, oqibatda Ukraina qurolli kuçlari oyiga 10 mingga yaqin dron yöqotyapti. Mutaxassislar ukrainalik harbiylarning sözlariga tayangan holda ta’kidlaşiça, rossiyaliklar, aftidan, ukrainaliklar foydalanadigan Motorola ratsiyalari şifrini real vaqt rejimida buzişni örganib olgan.
Havo mudofaasi vositalari
Bosqin boşidan beri rus harbiylari havo mudofaa vositalaridan foydalaniş usulini özgartirdi, dastlab ular juda tarqoq holda edi.
Bunday şaroitda Rossiyaning havo mudofaa tizimlari antiradiolokatsion raketa hujumlariga doş berolmadi (ular Ukrainaga NATO tomonidan yetkazib berilgan va Ukrainaning MiG-29, Su-27 va Su-24 samolyotlarida foydalanişga moslaştirilgan). Amerikaning HIMARS tizimlari yetkazilgaç, Rossiya havo mudofaa tizimlari uşbu raketalar zarbasiga qarşilik qila olmasligi ma’lum böldi.
2022 yil kuzidan boşlab, ruslar asosiy logistika va tezkor boşqaruv markazlari atrofida havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylaştira boşlagan. Bundan taşqari, rus harbiylari turli radarlar bilan birga havo hujumidan mudofaa tizimlarini qöllaşni boşladi. Bu esa tizimlarning umumiy samaradorligini oşirdi va raketa zarbalarining kamida bir qismini bartaraf etiş imkonini berdi.
Aviatsiya
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari tufayli Rossiya aviatsiyasining qamrov sohasi uruş davomida çeklanganligiça qolmoqda. Şunga qaramay, uruşning dastlabki yilida Rossiya aerokosmik kuçlari mavjud çeklovlarga qisman moslaşdi. Xususan, Rossiya harbiylari öq-dorilar taqçilligiga moslaşdi, şuning uçun havo hujumlari oldidan dronlar hujumi uyuştirilmoqda. Bu bilan Ukraina havo mudofaasining zaif tomonlari oçilmoqda, bu esa aviatsiya hujumi samarasini oşiryapti. Bundan taşqari, ruslar modifikatsiya qilingan FAB-500 aviabombalaridan faol foydalanişni boşladi. Rossiyada ularning katta zaxiralari bor.
Xulosa örnida, hisobot mualliflarining ta’kidlaşiça, jangovar harakatlar yil davomida Rossiya armiyasi moslaşiş va xatolaridan saboq oliş qobiliyatini namoyiş etgan. Şu bilan birga, barça özgarişlar vaziyatga boğliq va bosqin paytida paydo bölgan kamçiliklarni tuzatişga qaratilgan. RUSI ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasi vaqt ötişi bilan muammolarni hal qilişni örganib oladigan tuzilmadir. Biroq ekspertlar qömondonlikning yangi tahdidlarni oldindan köra biliş va ularga tezkorlik bilan javob beriş qobiliyatiga şubha qilmoqda.













