31 may Xalqaro çekişga qarşi kuraş kuni sifatida 35 yildan buyon nişonlanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) e’lon qilgan hisobotga köra, tamaki mahsulotlari iste’moli yiliga 8 mln kişining ölimiga sabab bölmoqda. Xavotirli jihati, körsatkiçlar yil sayin oşib boryapti. Yoşlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar orasida bu illatga berilib ketganlarning köpayişi yanada taşvişli holat.

«Nikotin organizmdagi metabolik jarayonga xalaqit beruvçi, miya faoliyati va fiziologik funksiyalariga ta’sir qiluvçi alkogol hamda boşqa psixoaktiv moddalar kabi odamni öziga örgatib qöyadi. Şu tarzda tamakiga qaramlik şakllanadi», dedi Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Mirzağolib Tillaşayxov.

Olimlarning qayd etişiça, çekiş ta’siri ostida organizmda 25 dan ortiq kasalliklar rivojlanişi kuçayadi. Xususan, öpka saratoni va miokard infarktining çekiş bilan boğliqligi haqida ilmiy dalillar mavjud.

Yurak-işemik xastaligi va insultdan ölim holatlarining 70 foizi çekuvçi hamda spirtli içimliklar içuvçi odamlar hissasiga töğri keladi. Har bir kaşanda bu illat tufayli öz hayotini 18 yilga qisqartirişi tadqiq etilgan.

Tamakining zaharli tutunidan umri zavol topayotganlarning 12 foizi bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaydigan kişilar, ya’ni passiv çekuvçilardir. Ular orasida, taassufki, bolalar ham bor.

Hozirgi kunda 120 dan ortiq davlat tasarrufidagi 3 mln gektardan ziyod maydonda tamaki yetiştirilyapti. Öz navbatida, dunyoda 300 milliondan köproq odam oziq-ovqat taqçilligi muammosiga yeçim izlaş bilan ovora.