JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan olti yilda uyushtirilgan qurolli hujumlar oqibatida 2,4 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi va bemorlar halok bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Dunyoga so‘nggi olti yil ichida sog‘liqni saqlash muassasalariga uyushtirilgan qurolli hujumlar oqibatida 2,4 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi va bemorlar halok bo‘ldi, shuningdek, 5 ming kishi yaralandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2018 yildan beri tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirilgan. «Tibbiyot muassasalariga uyushtiriladigan hujumlarni monitoring qilish boshlangan 2018 yildan beri JSST dunyoning 21 davlati yoki hududida 7,4 mingdan ortiq hujumni qayd etdi. Oqibatda 2,4 mingdan ziyod tibbiyot xodimi va bemorlar halok bo‘lgan hamda 5 ming kishi yaralangan», — deydi Gebreyyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi uch yilda «sog‘liqni saqlash obektlari va xodimlariga uyushtirilgan hujumlar soni, ko‘lami va jiddiyligi sezilarli darajada oshgan». 2024 yilda «Afg‘oniston, G‘azo va Haitidan tashqari, JSST Livan, Myanma, Sudan, Ukraina va boshqa davlatlarda ham 1,1 mingda shu kabi holatlarni qayd etgan».
JSST rahbari jahon hamjamiyatini tibbiyot muassasalariga qilingan hujumlar insonlarning sog‘lig‘ini saqlash huquqlarini, xalqaro huquqni buzish ekanini va bu hujumlar «harbiy jinoyatlar yoki insoniyatga qarshi jinoyatlarga tenglashtirilishi mumkinligini» «baralla aytishga» chaqirdi. Bu kabi hujumlarning to‘xtatishning eng yaxshi yo‘li — mojarolarga barham berishdir, deydi Gebreyyesus.
Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi uchta kasalxonaga hujum qilishi oqibatida bir necha bola jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir Abdulla al-Bursh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi delegatsiyasi tashrifi chog‘ida shifoxonalar o‘qqa tutilganini ta’kidlab, Isroilning mintaqa sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetkazishga urinishlariga e’tibor qaratgan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi
Jahon | 20:44
-
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
Jahon | 20:35
-
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
Jahon | 20:26
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

14:54 / 30.03.2025
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025