Maktabdagi ösmirlarning dars yuklamasi ortib bormoqda, şu bilan birga, oilada öquvçilarni qöllab-quvvatlaş kamaymoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi ekspertlari uşbu tendensiyadan xavotirda, buni maktab yoşidagi bolalar salomatligi böyiça ötkazilgan yangi tadqiqot natijalari tasdiqlaydi.

Tadqiqot Yevropa, Markaziy Osiyo va Kanadaning 44 davlatidan 11, 13 va 15 yoşli 280 ming nafar maktab öquvçiini qamrab oldi. Natijalarga köra, bolalarning atigi 67 foizi öz oilasi tomonidan qöllab-quvvatlanayotganini his qiladi, bu 2018 yilda ötkazilgan oldingi tadqiqot natijalariga (73 foiz) nisbatan sezilarli pasayişdir. Şu bilan birga, maktabda, ayniqsa, qizlar uçun öquv yuklamasi keskin oşdi. Bularning barçasi millionlab ösmirlarning, ayniqsa katta yoş guruhidagilarning, şuningdek, kam ta’minlangan oila vakillarining ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’sir qiladi.

2021-2022 yillardagi sörov natijalari yoşlarni qöllab-quvvatlaşga kompleks yondaşuv doirasida ijtimoiy determinantlarga – salomatlikka ta’sir etuvçi tibbiy bölmagan omillarga köproq e’tibor qaratiş zarurligini körsatadi. Şifokorlarning ta’kidlaşiça, ijtimoiy tengsizlik kam ta’minlangan oilalardagi öspirinlar badavlat oilalardagi tengdoşlariga qaraganda oilada kam qöllab-quvvatlaş haqida köproq gapirişlarida namoyon böladi. Hisobotning yana bir xulosasi şundan iboratki, qizlar öğil bolalarga qaraganda ota-onasi bilan özini qiziqtirgan mavzularda kamroq gaplaşadi. Aloqa tösiqlari onalarga qaraganda otalar bilan munosabatlarda köproq kuzatiladi.

JSST/Yevropa aniqlangan muammolarni hal qiliş uçun muvofiqlaştirilgan harakatlarga çaqirmoqda va oilaga yönaltirilgan siyosat va iqtisodiy yordamni kuçaytiriş, şuningdek, inklyuziv maktab muhitini yaratişni tavsiya qilmoqda. Taşkilot ekspertlarining fikriça, akademik bosimni bartaraf etiş, tizimli yondaşuvlar, muvozanatli uy vazifasi siyosatini joriy etiş, öquv könikmalarini rivojlantirişga kömak beriş orqali stress darajasini oşirişga qarşi kuraşiş kerak. Maktabdan taşqari maşğulotlar, ruhiy salomatlik resurslari va soğliqni saqlaş xizmatlaridan teng foydalanişni ta’minlaş zarur.