Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonda qand lavlagi yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Misrning Orascom Investment Holding kompaniyasi raisi Najib Saviris boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Foto: Fotolia
Uchrashuvda Misr investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistonda qand lavlagini yetishtirish va shakar ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekistonga 2022 yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarga teng kundalik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan bo‘lib, uning asosiy qismini go‘sht va don mahsulotlari, kungaboqar yog‘i hamda shakar tashkil etgan.
Ushbu hamkorlik loyihasi uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yer maydonlari bilan tanishish taklif etildi. Orascom Investment Holding kompaniyasi vakillari loyihaning dastlabki fazasida taxminan 200-300 mln dollar miqdorida investitsiya kiritilishi, 30-50 ming gektar yer maydonida qand lavlagi yetishtirilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025
O‘zbekiston–Misr: to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
12:45 / 13.12.2025