Davlat amaldorining “ipakdan töqilgan” biznes töri. Soha şaxsiy tomorqaga aylantirilganmi?
|20:58 / 12.06.202375 05110 min
Kun.uz suriştiruvi ipakçilik sohasining davlat regulyatori ham, şu sohadagi asosiy öyinçilardan biri ham ayni bir şaxs ekanini körsatdi. Ipakçilik qömitasi raisi, yaqingaça qömita bilan birga “Özipaksanoat”ni ham boşqarib kelgan Bahrom Şaripov öziga aloqador köplab kompaniyalar orqali ipak sanoatida şaxsiy biznesni yuritayotgani ma’lum böldi.
Ipak. Dunyodagi eng mayin narsalardan biri. Biroq u – oddiy dehqonlarning qattiq mehnati mahsuli. Ipak pilla qurtini tut barglari bilan boqiş asnosida yuzaga keladi. Barglarni yeb kattargan qurtlar öz atrofida pilla töqiydi. Inson esa pilla ipini qaytarib yeçadi va undan mato töqiydi.
Özbekistonda ipak yetiştiriş uzun tarixga ega – qadim-qadimdan yurtimizda işlab çiqarilgan ipak matolarning donği dunyoga doston bölgan. SSSR davrida ham ipak yetiştiriş yurtimizda davom etdi: kolxozçi oilalarga boqiş uçun qurtlar tarqatilar edi, tayyor bölgan pilla davlatga topşirilar, davlat fabrikalarida ipakdan matolar töqilar edi. Çunki hamma zavod-u fabrikalar davlatniki edi. Xususiy zavod-fabrika yöq edi.
Özbekiston mustaqil bölgandan keyin bozor iqtisodiyotini qurişni boşladi. Salkam hamma narsa endi davlatning emas, balki xususiy korxonalarda işlab çiqariladigan böldi.
SSSR paytida hamma soha davlatniki bölgani bois, pillakor oilalarning mehnatini ham davlat baholardi: “hamma narsa davlatnikimi, demak, mehnat haqini ham davlat belgilaydi-da”.
SSSR tugadi, bozor munosabatlariga ötiş e’lon qilindi. Endi har bir mahsulotning egasi uni yetiştirgan inson bölişi, narxini esa davlat emas, bozor, ya’ni talab-taklif belgilaşi kerak böldi.
Biroq Özbekistonda ba’zi qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş sohasi erkinlaştirilmadi. Pilla ham şulardan biri. Pillani kimdir yetiştiradi, narxini esa boşqa kimdir belgilaydi, hamda öşa narxda pillani pillaboqardan sotib oladi, qayta işlaydi va mahsulotni bozor narxida sotadi. Zör-a, xomaşyoni xalqdan özing belgilagan narxda olasan, qayta işlab, bozor narxida sotasan?
Kim öşa – “kimdir”?
Ipakçilik tarmoğini tartibga soluvçi idora – Ipakçilik va jun sanoati qömitasi, 2020 yilda taşkil etilgan. Ammo qömitadan taşqari 2017 yilda asos solingan “Özipaksanoat” uyuşmasi ham bor. Uning tarkibiga ipakçilik sanoati korxonalari, şuningdek, “Agropilla” ipak qurti pillasini tayyorlaş tuzilmalari kiradi.
Bundan taşqari, uyuşmaning vazifa va funksiyalari keyinroq taşkil etilgan Ipakçilik va jun sanoati qömitasiniki bilan deyarli bir xil. Sohani boşqarişda mahalliy hokimiyatlar ham çekada qolmagan – ular pilla yetiştiriş böyiça rejalarning bajarilişiga mas’ul qilingan bölib, ma’muriy majburlov bilan şuğullanadi – pilla yetiştiriş rejasini fermerlar örtasida taqsimlab, bajarilişini nazorat qiladi.
Mavzuga oid
Ipakçilikni boşqarişning yana bir böğini – ipakçilik klasterlari. Ular rasman xususiy tijorat taşkilotlari hisoblanadi, ammo negadir davlat qarori bilan tuziladi, ular ham fermer xöjaliklari örtasida pilla yetiştiriş böyiça rejalarni majburiy taqsimlaşda iştirok etadi, “Özipaksanoat” kvazidavlatuyuşmasining majburiy a’zolari hisoblanadi, uyuşmaga a’zo sifatida imtiyoz va preferensiyalar oladi. Uyuşma tarkibida sohaga ixtisoslaşgan 74 ta tijorat taşkiloti, xususan klasterlar bor.
Klasterlar töğridan töğri yoki “Agropilla” uyuşmasining tuman bölimlari orqali, mahalliy hokimiyat va turli “jamoat taşkilotlari”ning yordamida fermerlar bilan şartnomalar tuzadi, fermerlar esa mahalliy aholi va fermer xöjaliklari işçilariga ipak qurti uruği tarqatadi, öz oilalarida ham pilla yetiştiradi. Bundan taşqari, pilla uruği MFYlar va bandlik agentliklari orqali kam ta’minlangan oilalarga töğridan töğri tarqatiladi.
Endi sohani boşqarayotgan şaxs haqida...
Ipakçilik va jun sanoati qömitasiga (dekabr oyida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuriga ötkazilgan) taşkil qilinganidan beri unga Bahrom Şaripov raislik qilib keladi. Bu odam şu yil fevral oyigaça parallel ravişda “Özbekipaksanoat” uyuşmasini ham özi boşqarib kelgan.
Soha va Bahrom Şaripov şaxsini örganiş jarayonida biz qiziq faktlarga duç keldik.
Ipakçilik sohasi deyarli şaxsiy monopoliyaga qarab ketayotganga öxşaydi. Butun boşli tizimni “qölida uşlab” kelayotgan Bahrom Şaripov özbek ipagidan “örgimçak töri” töqib olgan desak adaşmagan bölamiz. Buni u va uning yaqinlari nomida bölgan firmalar misolida ham köriş mumkin.
Gapning boşida davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik bilan şuğullanişi qonunçilikda taqiqlanganini esga olamiz. Ammo qonunning bu talabi Bahrom Şaripovga taalluqli emas körinadi. U Ipakçilik va jun sanoati qömitasi raisi bölgan holda bir neçta MÇJ rahbari va ta’sisçiligini saqlab qolmoqda.
Oçiq manbalarga yuzlanamiz. Bahrom Şaripov, davlat xizmatçisi bölaturib, Surxondaryo viloyatining Angor tumanida röyxatdan ötgan “Karomat-Oyijon-Surxon” fermer xöjaligiga rahbarlik qilib kelmoqda.
Şuning barobarida qömita raisi “1001 Nighs” MÇJning 50 foiz uluşiga ham egalik qiladi. Faoliyat turi mehmonxonalar va şunga öxşaş yaşaş joylari bölgan mazkur MÇJ 2019 yilda Buxoro şahrida davlat röyxatidan ötkazilgan.
Bahrom Şaripovning biznes tuzilmalari asosini uning turmuş örtoği hisoblangan Sayyora Şaripova nomida oçilgan firmalar taşkil qiladi. Oila bekasi bir emas, ikki emas, öndan ortiq MÇJlarda uluşdor.
Jumladan, Sayyora Şaripova ipakçilikka ixtisoslaşgan jamiyatning egasi ekani e’tiborni tortadi. Qöşma korxona şaklidagi “Silk Road-Tex” MÇJning 74,40 foiz uluşiga bevosita u egalik qiladi. Ustav fondi 1 mln AQŞ dollaridan ortiq bölgan korxona ip gazlama işlab çiqariş faoliyat turiga ixtisoslaşgan. Davlat va xöjalik boşqaruvi mansubligida "Özbekipaksanoat" uyuşmasi degan yozuv turadi.
Faoliyat turi jun tolalarini tayyorlaş va yigiriş bölgan “Inter Silk Pro” MÇJning 82,50 foiz uluşiga ham Sayyora Şaripova egalik qiladi. Uşbu MÇJning ustav kapitali qariyb 7,5 mlrd söm. Bu korxonada ham “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga begona emasligini körsatuvçi belgi qöyilgan.
51,90 foiz uluşi Şaripovaning “qölida” bölgan navbatdagi MÇJ – “Huashen Silkworm Pro”. Faoliyat turiga köra, bu MÇJ ipak qurtini köpaytiriş bilan şuğullanadi. Davlat reyestrida bu firmaning ham “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga aloqador ekaniga oid belgi bor.
2021 yilda davlat röyxatidan ötkazilgan, faoliyat turi töqilgan va trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş bölgan “Dream Silk” MÇJning 98 foiz uluşi ham rasman soha rahbarining rafiqasiga qaraşli.
Şuningdek, Sayyora Şaripova ipakçilik sohasiga aloqador “Surxon Ipagi” MÇJ (95,20 foiz) va “Dream Silk-Textile” işlab çiqariş kooperativi (33,40 foiz) kabi tadbirkorlik sub’yektlariga ham egalik qiladi.
Şaripovlar oilasi atrofida aylanadigan ismlardan biri – Dildora Adinayevadir.
Tahririyatda bu şaxs Bahrom Şaripovga kim bölişi haqida ma’lumot yöq. Ammo uning ismi-şarifi Sayyora Şaripova bilan ayrim MÇJlarda hamta’sisçi sifatida kesişadi. Adinayeva ipakçilikka aloqador “Saxovat Ipak Servis” MÇJ (44,3%), “Andijan Silk Co” MÇJ (100%), “Dream Silk-Textile” işlab çiqariş kooperativi (33,3%), “Ipak Qurti UruğI” MÇJ (1,3%), “Denov Dream Silk” işlab çiqariş kooperativi (33,3%) kabi bir neçta tadbirkorlik sub’yektlarida uluşlarga egalik qiladi.
Bahrom Şaripovga borib taqalişini taxmin qiliş mumkin bölgan zanjirda yana ikki şaxs bor: Bahromov Maşrabşoh Bahrom öğli hamda Bahromov Botirbek Bahrom öğli.
Uşbu şaxslar kim ekani haqida aniq ma’lumotimiz yöq. Biroq ular ismi-şarifi hamda yuqorida nomlari zikr etilgan Sayyora Şaripova va Dildora Adinayevalar bilan köplab firmalarda hammuassislik ekani inobatga olinsa, katta e’timol bilan qömita raisi Bahrom Şaripovga begona emas.
Maşrabşoh Bahromov esa “Denov Dream Silk” işlab çiqariş kooperativida Dildora Adinayeva bilan 33,30 foizdan teng uluşga ega. Şuningdek, u Sayyora Şaripova bilan “Surxon Ipagi” MÇJda uluşdor.
E’tibor qaratilsa, Bahrom Şaripovning atrofidagi şaxslar rahbarligida oxirgi yillarda röyxatdan ötkazilgan firmalarning aksariyati ipakçilik, jun tolalari, trikotaj mahsulotlari tayyorlaş kabi faoliyat turlari bilan şuğullanadi. “Denov Dream Silk” hamda “Dream Silk-Textile” işlab çiqariş kooperativlari, “Surxon Ipagi” va “Andijan Silk Co” MÇJlari şular jumlasidan.
Uşbu jadvalga B.Şaripovga aloqadorligi taxmin qilingan şaxslarning ipakçilik sohasiga oid korxonalaridan ayrimlari jamlangan. Bu şaxslarga özaro boğlanadigan, ammo faoliyat turi boşqa bölgan yana önlab korxonalar ham mavjud.
2022 yil dekabrida prezident topşiriği bilan kelgusi yilda (ya’ni 2023 yilda) pilla yetiştiruvçilarning manfaatdorligini oşiriş maqsadida uşbu sohaga ham erkinlik berilişi, yetiştirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bölmagan narxda xarid qilinişi belgilangan edi. Ammo afsuski, bunday bölgani yöq.
Söngsöz
Bozor iqtisodiyotidan yaxşiroq iqtisodiyot öylab topilmagan – aynan talab-taklifga, moddiy manfaatdorlikka yastangan iqtisodiyot samarali ekani öz isbotini topib bölgan. Faqat moddiy manfaatdorlik deganda, moddiy manfaatni davlat bergan vakolatlardan foydalangan holda, jamiyat manfaatini çekkaga surib qöyib topiş nazarda tutilmaydi.
Şokir Şaripov
P.S. Ipakçilikka mas’ul qömita va uyuşma vakillari biz bilan uçraşuvda Bahrom Şaripov aslida tadbirkor bölgani, ipakçilik yönalişida tadbirkorlik faoliyati bilan soha rahbarligiga kelgunga qadar ham şuğullanganini ma’lum qildi. Ammo suriştiruvda tuğilgan savollarga javob berilmadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi