Jahon | 19:04 / 13.06.2023
11987
2 daqiqa o‘qiladi

Jorj Soros o‘z biznes imperiyasini boshqarishni o‘g‘liga topshirdi

25 milliard dollar boylikka ega 92 yoshli moliyachi o‘g‘li bunga loyiq ekanini aytdi.

Foto: Reuters

Amerikalik milliarder va filantrop Jorj Soros o‘zining 25 milliard dollarlik biznes imperiyasini boshqarishni 37 yoshli o‘g‘li Aleksga topshirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Yakshanba kuni Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida 92 yoshli moliyachi o‘g‘li bunga loyiq ekanini aytdi.

Aleks Soros — Jorjning besh farzandidan biridir, u Nyu-Yorkda o‘sgan va Berklidagi Kaliforniya universitetida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

O‘tgan yil dekabr oyida u Sorosning asosiy loyihasi - «Ochiq jamiyat» jamg‘armasini boshqara boshladi, shuningdek, Amerika siyosiy partiyalarining moliyalashtirish loyihalarini muvofiqlashtirdi.

Qayd qilinishicha, endi Aleks Soros boshchiligidagi «Ochiq jamiyat» fondi matbuot erkinligini qo‘llab-quvvatlash, adliya tizimini isloh qilish, qochqinlar huquqlarini himoya qilish va liberal siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ushbu maqsadda dunyoning 120 ta davlatida har yili bir yarim milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflanadi.

Mavzuga oid