Jahon | 13:50 / 19.06.2023
38185
9 daqiqa o‘qiladi

Frontdagi vaziyat: Ukrainaning qarshi hujumi bilan nima bo‘lmoqda?

Ukrainaning qarshi hujumi sekin kechmoqda. Bu esa ikki savolni tug‘diradi: 1) bu rejaning bir qismimi? 2) Ukraina qurolli kuchlari yaqin vaqtlar ichida haqiqatan ham kuchli zarba berishni rejalashtirganmi?

Foto: CEPA

Ukrainaning mamlakat janubidagi yurishi juda sust rivojlanmoqda. Ikki yo‘nalishdagi (uchtadan) dastlabki muvaffaqiyatlaridan keyin Ukraina qurolli kuchlari hali ham Rossiya mudofaasining asosiy chizig‘iga yetib kela olmadi. Uchinchi yo‘nalishda esa (Orixiv shahridan janubi-g‘arbda) Ukraina kuchlari umuman hech qanday yutuqqa erisha olmadi. 

Bu ukrain qo‘shinlari Rossiya mudofaasining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashayotgani bilan bog‘liq. Ukraina qurolli kuchlari dastlab o‘tkazishni rejalashtirgan manyovrlar o‘rniga mamlakat janubida ham boshqa yo‘nalishlardagi kabi rejimga o‘tdi: kamikadze dronlar va uzoq masofali artilleriya bilan Rossiyaning ichkaridagi pozitsiyalariga ko‘p sonli zarbalar yo‘llash, kichik otryadlar bilan RF qurolli kuchlarining o‘rmonzorlaridagi pozitsiyalarini shturm qilish. Bunday urush olib borish katta yutuqlar va katta hududlarni ozod etishni va’da qilmaydi, ammo bu orqali katta muvaffaqiyatsizliklardan qochiladi. Yaxshi razvedka va boshqaruvchisiz aviatsiyadagi ustunlik (va uzoq masofaga zarba beruvchi artilleriya aniqligi) evaziga Ukraina qurolli kuchlari texnikadagi yo‘qotishlarni muvozanatlashtirishi mumkin.

Shu bilan birga, Ukraina qo‘mondonligi hali ham yurish uchun yig‘ilgan asosiy kuchlarini jangga tashlamadi. Hujumlarda Ukraina yozgi kampaniya uchun tuzgan hamda g‘arb texnikalari bilan qurollantirilgan 20 brigadadan faqat to‘rttasi qatnashmoqda. Yurishda shuningdek to‘rt-beshta «eski» brigadalar (jumladan, hududiy mudofaa qismlari), eksi va «yangi» artilleriya brigadalari va dronlar operatorlarining kuchaytirilgan guruhlari ham ishtirok etmoqda.

Ikki savol o‘rtaga chiqadi:

  • Hujumning bunday rivojlanishi Ukrainaning dastlabki rejasidan qanchalik farq qiladi?
  • Ukraina qurolli kuchlari yaqin kunlar yoki haftalarda yuzlab tanklar va boshqa zirhli texnikalar bilan qurollangan brigadalar bilan asosiy zarbani berishni reja qilganmi?

Ukrainaning hujum rejasi, tabiiyki, noma’lum. Faqat aytish mumkinki, reallik G‘arbdagi ko‘plab ekspertlar va iste’fodagi harbiylarning kutilmalaridan jiddiy farq qilmoqda. Masalan, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Devid Petreus 3 iyun kuni — yurish boshlanishi arafasida — Ukraina qurolli kuchlari asosiy zarbani darhol berishini bashorat qilgan, unga ko‘ra dastlabki 72–96 soatlikda maksimal kuchlar bilan harakatlanib, Rossiya mudofaasi yorib o‘tilishi kerak edi.

Prognozlar va reallik o‘rtasidagi farqni ikki yo‘l bilan  tushuntirish mumkin.

  • Birinchisi — G‘arbda keng tarqalgan versiya — Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi hujumni asta-sekinlik bilan boshlashga qaror qildi, shu orqali asosiy zarbaga tayyorgarlik ko‘riladi va bu zarba keyinroq uchta yo‘nalishdan birida yoki boshqa qayerdadir beriladi (bu nazariya bo‘yicha variantlarni bu yerda, bu yerda va bu yerda o‘qish yoki tinglash mumkin). Bu variantga ko‘ra yaqin vaqtlar ichida frontning qaysidir uchastkasida yuzlab tanklarga ega yetti-sakkiz brigadaning yoppasiga hujumga o‘tishini kutish kerak.
  • Ikkinchisi: Ukraina qurolli kuchlari yurishning birinchi bosqichida qo‘yilgan maqsadlarga erisha olmadi (nisbatan kichik kuchlar bilan Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga), shuning uchun ikkinchi bosqich boshlanishi kechikadi — jangga zaxira kuchlarni olib kelinadi. Bu holatda Ukraina qurolli kuchlari qayta guruhlanishi va yangi reja ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi, shuningdek, rossiyaliklarning front ortidagi nishonlarni qo‘shimcha razvedka qilish, Rossiya artilleriyasini bostirish, minalangan maydonlarni portlatish, havo hujumidan mudofaa tizimlarini yo‘q qilish va zarbdor dronlar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha uzoq ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi mudofaani yorib o‘tish uchun darhol yirik kuchlarni tashlash kerak bo‘ladi degan xulosaga kelgan, bu kuchlar (agar shunday reja bo‘lgan bo‘lsa) mudofaa chizig‘i yorib o‘tilganidan keyingi manyovrlar uchun mo‘ljallangandi.

Hozircha harbiy harakatlar, bir hafta oldin bo‘lgani kabi, o‘sha hududlarda katta shiddat bilan davom etmoqda.

Velika Novosilka hududi

  • Ukraina qurolli kuchlari Velika Novosilkadan janubda, Mokriye Yali daryosi vodiysidagi qishloqlarni ozod etgach (RF mudofaa vazirligi bu hududni «Vremevka bo‘rtig‘i» deb ataydi), shuningdek uning atrofidagi tepaliklarni egallagach, yurish sekinlashib qoldi. Ukraina qurolli kuchlari shu vodiydagi keyingi qishloqlarga hujum uyushtirdi — birinchi navbatda, sharqiy sohildagi Urojaynega. Rossiyaliklar tarqatgan videolarga ko‘ra, hujumlar qaytarilgan (dron orqali Urojayne chekkasida olingan videoda ukrainlarning zarbaga uchragan va tashlab ketilgan zirhli mashinalari ko‘rinadi). 
  • Ukraina qurolli kuchlari hududda kamikadze dronlar operatorlarining bir necha kuchli otryadlarini, shuningdek artilleriya qismlarini jamlagan. Ular rossiyaliklarning ichki hududiga hujumlar uyushtirib, o‘nlab nishonlarga (asosan artilleriya qurollari) zarbalar berishgan. Yurishni davom ettirish uchun birinchi navbatda raqib artilleriyasini bostirish talab etiladi. RF qurolli kuchlari ham kamikadze dronlar va artilleriya zarbalari bilan javob qaytarmoqda.
  • Rossiya qo‘mondonligi ukrainlarning qarshi hujumi boshlanganidan buyon ilk marta frontga qo‘shimcha kuchlar tashladi — aynan Velika Novosilka janubidagi uchastkaga.
  • Janglar hamon Rossiyaning asosiy mudofaa liniyasidan 10 kilometr masofada olib borilmoqda. Bu chiziqni yorib o‘tish (va hatto ungacha yetib kelish) hozircha Ukraina qurolli kuchlari uchun mushkul va uzoq muddatli vazifa.

Orixiv yo‘nalishi

Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlar o‘z qarshi hujumi davomida katta miqdordagi harbiy texnikalaridan ayrilganini ma’lum qilgan. Ayrim baholarga ko‘ra, bu yurish uchun tayyorlangan texnikalarning 10 foizini tashkil etadi.
  • Iyun oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari 47-mexanizatsiyalashgan brigadasining Leopard tanklari va Bradley zirhli mashinalaridan iborat ikki kolonna front tomon harakatlanishda minalangan maydonga tushib qolib, katta yo‘qotishlarga uchraganidan keyin, ukrainlarning bu hududdagi yurishlari to‘xtab qoldi. Ukraina qurolli kuchlari texnikalarning bir qismini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi, qolgani RF qurolli kuchlari tomonidan o‘lja qilib olindi. Raqiblar kamikadze dronlar va artilleriya orqali front ortiga va oldingi pozitsiyalarga zarbalar berishga kirishgan (hech qanday oldinga siljishlar ko‘zga tashlanmayapti).
  • RF qurolli kuchlari 17 iyun kuni tanklar va zirhli mashinalarning yana bir kichik kolonnasini aniqlagan va unga kamikadze dronlar bilan (shu jumladan Leopard tankiga) hujum uyushtirgan. Hujum natijasi noma’lum.

Lobkove va Pyatixatki

  • Zaporijjya shahridan janubda (va Orixivdan 30 kilometr g‘arbda) katta bo‘lmagan kuchlar bilan (artilleriya va dronlar operatorlari otryadlari bilan qo‘llab-quvvatlanayotgan bitta tog‘ o‘qchilari brigadasi) rossiyaliklarning Lugove va Pyatixatki qishloqlari orqali o‘tuvchi mudofaa chizig‘iga yurish qilish davom ettirilmoqda. Bu yurishdan maqsad Dnipro daryosi bo‘yida, Vasilivka shahrida mudofaalanayotgan Rossiya qismlari qanotiga chiqish. Bundan tashqari, bu hududda mudofaa chizig‘i yorib o‘tilishi orqali ukrain qo‘shinlari Orixivdan Tokmak va Melitopol tomonga yurish qilishga harakat qilayotgan guruh bilan birgalikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
  • Qarshi hujumning ilk kunlarida bu yo‘nalishdagi Lobkove qishlog‘i ozod etilgach, Lugove va Pyatixatkini egallash uchun qator urinishlar amalga oshirilgandi: lekin bu yerda ham minalangan maydonlar, rossiyaliklarning dronlari hujumlari va Pyatixatkida joylashtirilgan tanklardan o‘t ochilishi xalaqit qilayotgandi. 17 iyun kuni Rossiyadagi manbalar Ukraina qurolli kuchlari Pyatixatkiga kirishga muvaffaq bo‘lgani, ammo keyin ortga chekintirilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 18 iyun kuni esa ukrainlar brigadasi baribir Pyatixatki qishlog‘ini ozod etgani ma’lum bo‘ldi – Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar so‘nggi ikki hafta ichida ukrainalik harbiylar janubga yetti kilometr ilgarilab, 113 kvadrat kilometr hududni qaytarib olganini aytdi: Novodarivka, Levadne, Storojyeve, Makarivka, Blahodatne, Lobkove, Neskuchne va Pyatixatki.
Xaritaning yuqori qismida siyohrangda ukrainlar qarshi hujum davomida ozod etgan hudud ko‘rsatilgan

 

Mavzuga oid