Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Dubaydagi Ukraina dronga qarshi tizimlar ombori yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda IRIB xabar bermoqda.
«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokosmik va harbiy-dengizkuchlarining hamkorlikdagi operatsiyasi davomida Amerika armiyasiga yordam ko‘rsatish maqsadida Dubayda joylashgan Ukraina dronga qarshi tizimlar ombori yo‘q qilindi, u yerda 21 nafar ukrainalik bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Taxmin qilinishicha, ukrainalik mutaxassislar halok bo‘lgan.
Ukraina TIV bu bayonotni rad etdi.
«Bu yolg‘on», — dedi vazirlik vakili Georgiy Tixiy.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dronlarga qarshi kurashish bo‘yicha 201 nafar ukrainalik mutaxassis Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yuborilgani haqida aytgandi.











