Slovakiya O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan mamlakat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Slovakiya sanoat va transport uyushmalari federatsiyasi vakillari o‘rtasida video-konferensiya aloqasi vositasidagi uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Slovakiya sanoat va transport uyushmalari federatsiyasi vakillari mamlakatda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilayotgani hamda mahsulot eksportiga talab oshayotgani tufayli qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj ham ko‘payib borayotganini, O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan Slovakiya tomoni manfaatdor ekanini ma’lum qilishdi.
Muzokaralarda Slovakiya sanoati uchun mamlakatdan jalb etiladigan ishchilarni o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma kurslar tashkil etish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Agentlik tomonidan fuqarolarni Slovakiyaga ishga yuborish uchun ish beruvchilardan so‘raladigan hujjatlar namunalari va tuziladigan shartnomalar loyihalarini yuborishga, Slovakiya tomoni esa ushbu hujjatlarni federatsiya a’zolariga tarqatish va salohiyatli ish beruvchilarni aniqlash, shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqqan holda agentlik orqali O‘zbekistondan zarur ishchi kuchini jalb etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
10:50 / 02.11.2024
Rosstat RFdagi migrantlar haqidagi statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi
22:05 / 22.10.2024
“2 million vatandoshimiz chetda ishlab yurishi – tabiiy jarayon emas” - Botirjon Shermuhammad
16:30 / 14.10.2024
“Dushman obrazi”, askar yetishmovchiligi va ksenofobiya - RFdagi migrantlarimizni kim himoya qiladi?
23:59 / 08.10.2024